Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Foyda olishda mahsulot narxining o‘rni va rolini aniqlash
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chegaralangan narx
- Maqsadli narx
2. Foyda olishda mahsulot narxining o‘rni va rolini aniqlash.
Xarajatlarni tahlil qilish - bu so‘zsiz narx strategiyasini ishlab chiqishga tabiiy yondashishdir. Ishlab chiqariluvchi tovarni, uni ishlab chiqarishga ketgan to‘g‘ri va doimiy xarajatlarni qoplashni ta’minlash hamda foyda olishda narxning diapazonini aniqlashga yordam beradi. Xarajatlar asosida hisoblangan narx ,,xarajatlardan kelib chiqqan riarx" hisoblanadi. Xarajatlar va rentabellikni qoplaydigan uch turdagi narxlarni ajratish mumkin. Chegaralangan narx - to‘g‘ri (o‘zgaradigan) xarajatlarga to‘g‘ri keladi. U faqat xarajatlarni qoplaydi, ya’ni cheklangan foyda nolga teng bo‘ladi. Cheklangan narx = To‘g‘ri xarajatlar Texnikaviy narx yoki narx zararsizligi. Texnikaviy narx zarar-sizlik nuqtasiga mos keladi. Texnikaviy narx doimiy xarajatlarni qoplash va mahsulotlarni almaslitirish uchun ketgan xarajatlarni qoplash degan tushunchani bildiradi. Texnikaviy narx - To‘g‘ri xarajatlar + Doimiy xarajatlar Shunday qilib, texnikaviy narx aniq hajmdagi mahsulotni so-tish xarajatlarini qoplaydi va boshqa hajmga taalluqli bo‘lmaydi. Maqsadli narx - texnikaviy narxga ba’zi qo‘shimchalar orqali hamda investitsiya qilingan kapitalga qarab qo‘yiladigan narxdir. Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib chiqiladigan, zarar ko‘rmaslikm ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalaniladi. Sunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi, ammo tor ishlab chiqansh ixtisoslashuv sha-roitida o‘zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo‘lgan •. paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‘rmaslikm tahlil qilishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng bo‘lgan, ya’m na foyda, na zarar bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi. Marketologlar bir qator har xilnarxlarni tadqiq etadilar, so‘ngra nar bir narx uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi. Asosan, narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning narx bilan bog‘liq ustunliklarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z mahsulotining o‘ziga xos xislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar ha-rakati, reklama, mahsulotni joylashtirish, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi. Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘l-lash bilan firma mahsulotining qo‘shimcha hajm birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasida agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan va ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sha-roitlarda naf keltirish mumkin. Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, ,,jalb etuvchi" narxlar yaratadilar. Xaridorlar oqimi ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga, narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling