Tayanch iboralar:
Tovar siyosati
Tovarning hayotiylik jarayoni
O‘sish jarayoni
Ulg‘ayish jarayoni
Qulash jarayoni
Innovatsion siyosat
Asosiy raqobatchilar strategiyasi
Ko‘rinishli raqobat
Bahosiz raqobat
Raqobatbardoshlikni baholash darajasi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Marketingda tovar siyosati deb nimaga aytiladi?
Marketing operatsiyalarining predmeti deganda nimalarni tushunasiz?
Tovarga qanday asosiy talablar qo‘yiladi?
Yangi tovar kontseptsiyasi qanday ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi?
Ekspertlarning tuzilgan guruhlarida ish qanday tashkillashtiriladi?
Istiqbolli g‘oya deb nimaga aytiladi?
Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
Tovarning hayotiylik davrida qanday bosqichlar mavjud?
Maxsulot assortimenti deganda nimani tushunasiz?
Innovatsion siyosat qanday bo‘ladi?
17-Mavzu.Marketing tizimida narx siyosati
1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi.
2. Foyda olishda mahsulot narxining o‘rni va rolini aniqlash.
3. Narxlarni aniqlash uslublarini tanlash.
4. Narx belgilash strategiyasi.5.
Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi.
Har bir tovar o‘z narxiga ega, ammo hamma firmalar ham o‘z tovarini sotmoqchi bo‘lgan narxni mustaqil belgilashga qodir bo‘lavermaydi. Agar tovarlar differensiyalanmagan bo‘lib, raqo-batchilari’soni ko‘p bo‘lsa, firma bozorda salohiyatga ega boi-maydi va bozor belgilagan narxni qabul qilishga majbur bo‘ladi. Agar firma strategik marketingni rivojlantirib, shu tufayli bozorda ma’lum bir salohiyatga erishgan bo‘lsa, narxni belgilash tanlan-gan strategiyaning muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi. Yaqin paytlargacha ham narx to‘g‘risidagi qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinib kelinar edi, ya’ni narxlar, asosan, xarajatlar va rentabellik nuqtayi nazaridan belgilanar edi. Iqtisodiy turbulentligi inqirozli yillarning ahvolini o‘zgartirib yubordi: yuqori inflyatsiya, xomashyo narxlarining o‘sishi, foiz stavkalarining o‘sishi, narxlarning nazorat qilinishi, raqobatning kuchayishi, xarid qobiliyatining pasayishi, konsyu-merizm - bu omillarning barchasi narx shakllanishining strategik rolini kuchaytirib yubordi. Narx belgilashning marketingdagi ahamiyatini qayd etib o‘tgan holda, xarajatlar, raqobat va talab-dan kelib chiqadigan narx strategiyalarini izchillik bilan tahlil qilib chiqamiz.
Firma miqyosida narx ikki xil rol o‘ynaydi: bir tomondan, u reklamaga o‘xshab talabni rag‘batlantirish vositasi bo‘lsa, shu bilan birga, ayni paytda, u uzoq muddatli rentabellikning asosiy omili hamdir. Shuning uchun narx strategiyasini tanlashda xarajatlar va rentabellik bilan bog‘liq ichki cheklashlarni ham, bo-zorning xarid qobiliyati va raqobatchi tovarlarning narxlari bilan bog‘liq tashqi cheklashlarni ham hisobga olish lozim. Undan tashqari, narxlarga oid qarorlar tovarni pozitsiyalashga oid qarorlar bilan va sotish strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi , kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |