Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Maxsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi


Download 2.21 Mb.
bet79/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Maxsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:

Sifat menejmenti maxsulot ishlab chiqarishning xar bir bosqichida sifat xaqida qayg‘urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarishgacha-konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va xokazo.

  • ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz maxsulotni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ishlab chiqarishdan keyingi bosqich- saqlash, sotish, tashish, xizmat ko‘rsatish va boshqa jixatlar ustidan qattiq nazoratni o‘rnatish.

Sifatni nazorat qilish xam uch bosqichdan iborat:

  • kelayotgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo‘lgan kirish nazorati:

  • ishlab chiqarish jarayonida maxsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat extiyot yoki joriy nazorat;

  • tayyor maxsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo‘linadi.

Sifatni nazorat qilish-maxsulot sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.


4.Ishlab chikarishda boshkaruv samaradorligi.
Dastlab “samara” va “samaradorlik” tushunchalari to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z. £zbek tilining izohli lug‘atida bu iboralar quyidagicha talqin etilgan.
Samara-bu natija, oqibat, meva. Masalan, ijodiy mehnat samarasi”.
Samaradorlik-bu kutilganicha yoki undan ham ortiq samara beradigan. Samarali, sermahsul. Masalan, samarali mehnat
Iqtisodiyotda “samara”-bu yaratilgan:
* yalpi ichki mahsulot (YaIM)
* yalpi milliy daromad (YaMD)
* yalpi sof daromad (YaSM)
* yalpi sof daromad (YaSD) kabilarda o‘z aksini topadi. Ammo birgina samaraning o‘zi kishi faoliyatini to‘liq ifodalay olmaydi. Eng muhimi shu samaraga qanday xarajatlar evaziga erishilganini aniqlashdir. Zzero bir xil xarajat qilib turli samara olinishi mumkin bo‘lganidek, bir xil samaraga turli xil mehnat sarfi tufayli erishish ham mumkin.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul mablag‘lari sarflab ko‘proq samaraga erishishdir. Bu degan so‘z erishilgan samarani (S) sarflangan xarajatga (X) bo‘lish kerak. Bunday taqqoslash samaradorlik (SD) nisbiy ko‘rsatkichini beradi.

Ñ
ÑÄ=------
Õ

Kasrning maxraji-bu absolyut miqdorlar bo‘lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sarflangan:


* yalpi mehnat (YaM)
* yalpi xomashyo (YaX)
* yalpi fondlar (YaF)
* yalpi investitsiya (YaI)lardir.
Samara va samaradorlik tushunchalariga nisbatan bunday yondoshish boshqarish ob’ektiga, ya’ni yaxlit ishlab chiqarishga xosdir. Boshqarish samaradorligini aniqlashda bu tariqa yondoshish, albatta no to‘g‘ri bo‘lardi. Chunki bu erda asosiy urg‘u boshqariluvchi ob’ekt (korxona, firma va h.k.) samaradorligiga emas, balki ko‘proq boshqaruv mehnati samaradorligiga, xususan, boshqaruv funktsiyalarining samaradorligiga beriladi.


Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling