Toshkent – 2023” mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi o`rni reja: Kirish
Download 0.66 Mb.
|
Sultonbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Mamadiyorov S. Tekshirdi: Fayziyev Sh. “TOSHKENT – 2023” MAVZU:Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi o`rni
- 4. Xalqaro moliya institutlarining bajarishi kerak bo`lgan funksiyalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Foydalanilgan internet saytlari.
- Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
- Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur.
- Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLYA INSTITUTI “IQTISOD” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi o`rni Ball:____________ Guruh: SBIA – 75/22 Bajardi: Mamadiyorov S. Tekshirdi: Fayziyev Sh. “TOSHKENT – 2023” MAVZU:Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi o`rni REJA: Kirish. 1.Xalqaro moliyaning mohiyati. 2. Iqtisodiyotni rivojlantirish yo`lidagi islohotlar. 3. Xalqaro moliya tashkilotlari. 4. Xalqaro moliya institutlarining bajarishi kerak bo`lgan funksiyalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Foydalanilgan internet saytlari. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko`tarish, eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyaga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishab chiqarishda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish vas hu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o`rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish bilan bevosita bog`liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o`rin tutadi. Xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o`rni, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya munosabatlari taraqqiyotidagi o`rni, xalqaro valyuta operatsiyalari, jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, xalqaro moliya munosabatlarida valyuta risklarini boshqarish, xalqaro korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy intergratsiya jarayonlari, xalqaro moliya munosabatlarida to`lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari, yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi, O`zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalari bayon qilingan. Moliya tizimining xususiyati shundaki, u nafaqat alohida olingan mamlakat yoki hududda yuzaga keladi va milliy sanaladi, balki xalqaro ko`lamda ham amal qiladi hamda- xalqaro moliya tizimi deyiladi. Xalqar moliya- o`zida obyektiv asosga ega bo`lgan maxsus moliyaviy munosabatlarni aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosini mamlakatlararo quyidagi ko`rinishdagi xalqaro moliyaviy oqimlar tashkil qiladi. Tovar va xizmatlar eksportidan valyuta daromadlari tushumlari va import qilinayotgan Tovar xizmatlarga to`lovlar bo`yicha pul oqimlari; bu oqimlar xo`jalik yurituvchi subyektlar moliyasini aks ettirishi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli ekan, demak ular mamlakatlararo pul oqimlarini aks ettiradi. Kredit mablag`larining oqimi, qaysiki ular ikki tomonlama ham hisoblanadi: bir tomondan, subsudiyalar taqdim etiladi, boshqatomondan esa – uning so`ndiriladi va foizlar to`lanadi. Shunday qilib, mazkur oqimlar bazasida mamlakatlar o`rtasidagi moliyaviy resurslar harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi, bir tomondan,valyuta kurslari bilan, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari va qoidalari bilanb tartibga solinadi. Biroq, yuqoridagilar xalqaro xarakterga ega bo`lgan moliyaviy resurslarni paydo bo`lish va ishlatilishi sabablari va asoslarini to`laligicha namoyon eta olmaydi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar faoliyati jarayonida shakllanadi va ishlatilinadi. Bu institut va tashkilotlar millatlararo ustqurmaga egalar, ma`lum funksiyalarni bajaradilar. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Parlamentga murojatnomasini bayon qilishda xalqaro moliyaviy munosabatlar haqida quyidagicha nutq so`zlaydi: -“Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obroʻsi tobora ortib bormoqda.Barcha qoʻsh-nilarimiz bilan doʻstona va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni ya-nada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik-dagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi.Bugungi kun-da yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.” Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash; – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; ___________________________ SH.M.MIRZIYOYEV; PARLAMENTGA MUROJATNOMASI TOSHKENT-2018 - –valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetary siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir.Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin.Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim.Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bogʻliqdir.Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim.Vazirlar Mahkamasi mamlakatni 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni kelgusi yil 1 aprelgacha yakunlasin.Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish zarur.Byudjet hisobidan mablagʻ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor _________________________________ SH.M.MIRZIYOYEV; PARLAMENTGA MUROJATNOMASI TOSHKENT-2018 koʻrsatkichlaridan iborat, natijaga yoʻnaltirilgan indikatorlari boʻlishi kerak.Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu vazifalarni amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish topshiriladi.Kelgusi yil uchun Davlat byudjeti defitsiti 4,5 trillion soʻm atrofida boʻlishi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1 foiz boʻlishi rejalashtirilmoqda.Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hozirdan boshlab qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjet daromadlarini koʻpaytirish, shu orqali kutilayotgan defitsitni kamaytirish yuzasidan aniq choralar koʻrsin.Shuningdek, bir oy muddatda tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur. Toʻrtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi kerak. Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar jadal davom ettiriladi. Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvinikeskin kamaytirish lozim. Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini oʻrnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitiniyaratishimiz shart. Sakkizinchidan, iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifadir. Toʻqqizinchidan, _________________________________ SH.M.MIRZIYOYEV; PARLAMENTGA MUROJATNOMASI TOSHKENT-2018 hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim. Oʻninchidan, qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng muhim vazifamizdir. Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bo'lgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi. 1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil etilgan boʻlib, hozirda shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da oʻz aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir. Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir. a’zo-mamlakatlarda shariatga muvofiq ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 2020 yilga a’zo-mamlakatlar inson kapitalini barqaror rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi shariat tamoyillariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jahon miqyosidagi taraqqiyot banki bo‘lish. 2013 yilda ITB boshqaruvchilar kengashi umumiy hissadorlik kapitalini 30 mlrd.islomiy dinordan 100 mlrd.islomiy dinor(150 mlrd.dollar)ga ko‘tarish haqida qaror qabul qildi. Bankning obuna kapitali ham 18 mlrd.islomiy dinordan 50 mlrd.islomiy dinorga oshirildi. Ushbu qaror a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq. So‘nggi 12 yil davomida yetakchi reyting agentliklari(Moody”s, Standard&Poor”s, Fitch) tomonidan ITBga uzoq muddatli kredit reytingi- “AAA” va qisqa muddatli oliy barqaror kredit reytingi – “A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi. 2014 yilning iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik 39-yig‘ilishida faoliyat boshlangani 40-yilligi(hijriy bo‘yicha) nishonlandi. Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi ITBni nol xatarli halqaro banklar guruhida ekanini aniqladi. Yevropa Ittifoqining Komissiyasi ham ITBni xatarsiz moliyaviy taraqqiyot muassasasi sifatida tasnifladi. ITB BMTning Bosh Assembleyasida kuzatuvchi maqomini oldi. ITBning muassasalari IHT Bosh kotibiyati va muassasalari, Xalqaro taraqqiyot banki, BMT taraqqiyot tashkiloti, Hududiy rivojlantirish tashkiloti, Milliy rivojlanish jamg‘armalari va nodavlat tashkilotlari kabi bir qator tashkilotlar bilan taraqqiyot sohasida yaqin aloqa qilib kelmoqdalar. Islom taraqqiyoti banki ITB guruhidan iborat bo‘lgan maxsus tashkilot va jamg‘armalarni ta’sis etdi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling