Toshkent – 2023y. “Ilmiy-pedagogik ishining maqsad va vazifalari


Talabalar mustaqil ishini tashkiliy va о‘quv-metodik ta’minlashni о‘rganish


Download 34.35 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1549857
1   2   3   4   5
Bog'liq
ил.пед.иш Nafasov T 2

4. Talabalar mustaqil ishini tashkiliy va о‘quv-metodik ta’minlashni о‘rganish
Ta’lim tо‘g‘risidagi qonunning asosiy talablaridan biri zamon talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh, qо‘yilgan muammoni mustaqil hal qilish layoqatiga yega, о‘z ustida ijodiy ishlab boradigan mutaxassislar tayyorlashdir. Bu xususiyatlarga yega bо‘lgan kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’lim alohida о‘rin tutadi, chunki axborot va bilimlar doirasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hamma ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlarida berib bо‘lmaydi. Qо‘yilgan muammo va vazifalar bо‘yicha ma’lum yechimga kelish hamda uning optimal variantini tanlash uchun kerakli bо‘lgan mustaqil fikrlash kо‘nikmasi mustaqil ijodiy ishlash jarayonida shakllanadi va mustahkamlanib boradi. О‘qituvchi, talaba mustaqil ishlarini tayyorlashida lozim bо‘ladigan tushunchalarni rо‘yhat shaklida quyidagilarni keltirishi lozim ya’ni:
-mustaqil ishni shakli va hajmi;
- mustaqil ishni topshirish muddati v.h;
О‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili asosida mustaqil ta’lim va mustaqil ishga quyidagicha ta’rif berildi: mustaqil ta’lim – mutaxassis yordamida yoki yordamisiz biror vazifa (masala, muammo)ni mustaqil о‘rganish asosiga quriladigan о‘quv faoliyati jarayonidir. Mustaqil ish yesa ta’lim oluvchining fandan olgan bilim, kо‘nikma va malakalarini yanada kengaytirishga va takomillashtirishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi.
Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mо‘ljallanganligiga qarab, bir-biridan farq qiladi. Uning nazariy, amaliy, ilmiy, metodik va pedagogik asoslari tahlil qilinsa, samarali shakllari, vositalari tanlansa, ijobiy natijalarga yerishish mumkin. Unda о‘tiladigan mavzuning amaliyot bilan uzviyligi, ilmiyligi va о‘quv materiallarining qiziqarliligi, mavzularning tizimliligi, topshiriq hamda vazifalarning kо‘p qirraliligi, о‘zaro bog‘liqligi muhim о‘rin tutadi. Ammo yeng asosiysi, talabalarning mustaqil ravishda ta’lim olish faoliyatini tashkil yetishda ularning intilish va qiziqishlariga ye’tibor qaratish zarur.
Mustaqil ta’limning alohida shakli Oliy ta’lim tizimida qо‘llanilayotgani Vazirlikning 2005 yil 21 fevral 34-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil yetish, nazorat qilish va baholash tartibi tо‘g‘risidagi namunaviy Nizom” asosida tashkil qilingan talaba mustaqil ishlari (TMI) hisoblanadi. Nizomda TMI о‘quv rejasida muayyan fanni о‘zlashtirish uchun belgilangan о‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanishi hamda uslubiy va axborot resurslari bilan ta’minlanishi, shuningdek, reyting tizimi asosida baholanishi kо‘rsatilgan.
Talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar qanday maqsadga qaratilganiga kо‘ra bir necha turlarga ajratish mumkin:
Ulardan birinchi turi oldin о‘zlashtirilgan bilimlarni esga tushirish, mustahkamlash va tasavvurni boyitish hisoblanadi. Har qanday egallangan bilim qayta esga tushirib, amalda tatbiq etib turilmasa, ayrim qismlari xotiradan kо‘tariladi, esdan chiqadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan mustaqil о‘qish orqali xotirada mustahkamlanib borilishi foydalidir, ammo takrorlash jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanmaydi.
Ikkinchi turi bilish-izlanish shaklida amalga oshadi. Bunda talaba о‘qituvchi ma’lum qilgan nazariy bilimlarga suyangan holda yangi ma’lumotlarni о‘zlashtirishga, muammoli topshiriq va vaziyatlarga yechim topishga harakat qiladi. Talaba о‘zi uchun noma’lum bо‘lgan muammolarning yechimini topishda tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, taqqoslash kabi jihatlarlaridan foydalangan holda yangi bilimlarni о‘zlashtirib oladi. Hayotiy tajribalari ortadi, о‘zlarining kо‘rgan-kechirgan, his qilgan, oldin haqiqiy mohiyatiga ye’tibor bermagan masalalarga echim topadi.
Uchinchi turi bilimlarni amalda tatbiq etish bо‘yicha bajariladigan mustaqil ishlar. Bu turdagi ishlarda talabalar olgan bilimlarini hayot bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘laydilar. Tajriba-sinov tariqasida turli xil asbob-uskunalar, maketlar yasashi, kompyuter dasturlari tayyorlashi, oddiy texnik ixtirolar qilishi mumkin. Tabiiy va aniq fanlarda mustaqil ta’limning bu turidan kо‘p va samarali foydalaniladi.
Tо‘rtinchi turiga ilmiy-ijodiy xarakterdagi ishlar bilan shug‘ullanishni kiritish mumkin. Ijtimoiy-gumanitar yо‘nalishdagi fanlardan bajariladigan ijodiy mustaqil ishlar ilmiyligi, badiiy obrazliligi, yangi g‘oyalarni ilgari surish va ularga yerishish yechimlarini topishga yо‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Tabiiy fanlardan esa olgan bilimlariga suyangan holda yangi navlar ustida ish olib borish, chatishtirish, payvand qilish, flora va faunaning sirli jumboqlarini yechishga harakat qilinadigan ishlar ham shular jumlasidandir.
Oliy ta’limda talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida kо‘proq qо‘shimcha adabiyotlarga murojaat qiladi. Kо‘pgina talabalar uyga berilgan topshiriqlar ustida ishlaydilar, ma’ruzalar, referatlar tayyorlashda ilmiy-ommabop va davriy nashrlardan foydalanadilar. Bu esa mavjud axborot-resurs markazlari va tegishli portallar imkoniyatidan oqilona foydalanish, ularning zaxiralarini yanada kengaytirib borishni talab yetadi.
Xulosa qilib aytish joizki, mustaqil ta’limning alohida shakli bо‘lgan talaba mustaqil ishlari axborot-resurs zaxirasini “Ta’lim portal” larida tizimli holda joylashtirilishi hamda bu resurslardan institut talabalarining yerkin foydalana olish imkoniyatlarini yaratilishi zamonaviy bilimlarni yegallagan, izlanuvchan va yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun yeng asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi.


Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling