Toshkent, 1 iyul — Sputnik


Yoshlarga, ularning tashvish va muammolariga ana shunday mensimasdan qarash holatlari, afsuski, haqiqat


Download 17.75 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi17.75 Kb.
#1049757
1   2   3
Bog'liq
YOSHLAR ITTIFOQI

Yoshlarga, ularning tashvish va muammolariga ana shunday mensimasdan qarash holatlari, afsuski, haqiqat.
Biz yoshlarga mana shunday bepisand, begona munosabatda bo’lsak, oqibati nima bo’lishi aniq — ular ham bizdan begonalashadi.
O’qishdan, ishdan, jamiyatdan, davlatdan, boringki, hayotdan ko’ngli sovib, xalqimiz iborasi bilan aytganda, qo’lini yuvib, qo’ltig’iga uradi.
Bu haqda gapirganda, nafaqat joylarda, balki Harakatning markaziy idorasida ham mehnat va hayot tajribasiga ega bo’lgan malakali kadrlarning yetishmasligi jiddiy muammo bo’lib turganini taʼkidlash lozim.
Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, tizimda ishlayotgan xodimlarni moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
O’rtacha oylik ish haqi 800 ming so’mni tashkil etayotgani uchun ularning aksariyati oylik maoshi katta bo’lgan boshqa ishlarga o’tib ketyapti.
Buning ustiga, ko’pgina viloyat va tumanlarda "Kamolot" tashkilotlari uchun binolar yetishmasligi, ularning moddiy-texnik bazasi nochorligi, zarur mebel va inventarlar, aloqa va tashkiliy texnika vositalari bilan yetarlicha taʼminlanmagani, xizmat mashinalari yo’qligi ham ishga salbiy taʼsir ko’rsatmoqda.
Misol uchun, hududiy bo’linmalarning 81 tasi mahalliy hokimliklar binosida, 96 tasi turli korxona va muassasalar binosida joylashgan. Bu o’z-o’zidan yoshlarning o’z tashkilotiga erkin kirib-chiqishini qiyinlashtirmoqda.
Biz bugungi O’zbekiston sharoitida yoshlar tashkiloti qanday bo’lishi kerak, degan masalani tegishli rahbarlar, olimlarimiz, ekspert va mutaxassislar, yoshlar vakillari bilan ko’p bor muhokama qildik.
Bu borada jahon tajribasini, uzoq-yaqindagi turli davlatlar tajribasini o’rgandik. Dunyodagi rivojlangan, demokratik mamlakatlarda yoshlar tashkilotlari dabdabali, balandparvoz tadbirlar o’tkazish emas, balki yoshlar bilan bevosita ishlash, ular bilan amaliy muloqot qilish, ularni o’ylantirayotgan hayotiy muammolarni hal etishga asosiy eʼtiborni qaratadi.
Hozirgi paytda hammangiz "oynai jahon" orqali ko’ryapsiz, biz joylarda jamoatchiligimiz, avvalo, yoshlarimiz vakillari bilan doimiy muloqotlar o’tkazyapmiz. Bu uchrashuvlarda bir fikr takror va takror aytilmoqda. Yaʼni, O’zbekiston yoshlari rasmiyatchilikdan, kampaniyabozlikdan xoli, navqiron avlod manfaatlarining haqiqiy himoyachisi bo’la oladigan demokratik yoshlar tashkilotini tuzish haqida o’z xohish-istaklarini bildirmoqda.
Bunda ilgarigidek barcha yoshlarni bir tashkilotga "ixtiyoriy-majburiy" asosda birlashtirish emas, aksincha, ularning orzu-intilishlari, hayotiy va kasbiy qiziqish doirasi, ijtimoiy maqsadlari bo’yicha uyushtirish to’g’ri bo’ladi, degan takliflar ilgari surilmoqda.
Mening nazarimda, bunday fikrlarda chuqur asos va mantiq bor. Bu taklifning afzalligi shundaki, u mamlakat yoshlarining barcha toifa va guruhlarini qamrab oladi, eng muhimi, ularni demokratik printsiplar asosida birlashtiradi.
Bu, o’z navbatida, bugun O’zbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlar jarayoni bilan hamohang ekani ayniqsa eʼtiborlidir.
Ana shularning barchasini hisobga olib, mamlakatimizda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo’la oladigan mutlaqo yangi tashkilot — O’zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etsak, nima deysizlar?"



Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling