Toshkent - 2018
Bajardi: Abdurazzaqov D.D. 410-2ped
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
EPIDEMIOLOGIYA VA YUQUMLI KASALLIKLAR KAFEDRASI
MAVZU: GEMORRAGIK ISITMA
Toshkent - 2018 GEMORRAGIK ISITMA - O‘tkir boshlanuvchi, tabiiy o‘choqli, qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanuvchi kasallik bo‘lib, og‘ir ko‘rinishda, intoksikatsiya va gemorragik sindrom bilan namoyon bo‘ladi.
ETIOLOGIYASI - I.Xodukin, V.I.Xozinskiy, E.V. Finogenova va I.S.Kamenshteyn (1952) tadqiqotlari natijasida aniqlandiki, O‘rta-Osiyo (O‘zbekiston) gemorragik isitmasi qo‘zg‘atuvchisi virus ekanligi, bu virus mushuklar, oq sichqonlar, dengiz cho‘chqalariga yuqmas ekan. Faqatgina kasallikning birinchi kunlarida bemor qonini yoki o‘lgan bemor a’zolaridan (jigar, taloq) olingan to‘qima suyuqligini quyonlarga suboktsipital yo‘l bilan kiritilgandagina kasallikning ularda rivojlanishi aniqlandi.
- Quyonlarda passaj yo‘li bilan N.I.Xodukin, V.I.Xozinskiy, E.V.Finogenova va I.S.Kamenshteynlar virusning 4 shtammini ajratib oldilar (ikkitasini 1948-y va qolganini 1949-y.). Ular ta’kidlashicha virus Zaytts filtridan yaxshi o‘tadi, muzda 2,5 oygacha va 50% glitserin eritmasida saqlanishga chidamli, hamda tovuq embrionida ko‘paya oladi. Virus kiritilgan quyon miyasidan 10-kun olinib tayyorlangan antigen, rekonvalessent zardobi bilan komplement bog‘lash reaksiyasida ijobiy natija bergan. N.I.Xodukin va uning hammualiflari, Q‘zbekiston gemorragik isitmasi virusi, Omsk gemorragik virusiga o‘xshashligini aniqladilar.
EPIDEMIOLOGIYASI - O‘rta-Osiyo (O‘zbekiston) gemorragik isitmasi sporadik holda uchrab turadi va tarqalib ketmaydi. Asosan qishloq aholisi kasallanadi, bahor va yoz oylarida (may, iyun, iyul, avgust). Kuz va qish oylarida bir-bir uchrab qolishi mumkin.
- Kasallik hamma yoshdagilarda bir xil uchraydi. Lekin shuni aytib o‘tish joizki, isitma asosan ishga layoqatli yoshlarda ko‘proq qayd etiladi (20 yosh va undan kattalarda). Erkaklar va ayollar bir xil kasallanadi.
- Odamlarda kasallik H. Anatolicum kanasi chaqishi natijasida rivojlanadi, kana gemorragik isitma virusini asosiy tashib yuruvchisi va kasallikning asosiy tabiiy manbai bo‘lib hisoblanadi.
- Bundan tashqari virus tashuvchisi bo‘lib H. detricum kanalari va kamdan-kam hollarda Rhipicephalus turani moskitlari bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda bu isitmaning asosiy virus manbai bo‘lib H. anatolicum kanalari, yirik shoxli hayvonlar va otlar hisoblanadi, odamga yuqishining asosiy yo‘li – transmissiv.
Do'stlaringiz bilan baham: |