Tuzalish davri kasallikning 8-9-kunidan boshlanadi, bemorda intoksikatsiya belgilari kamayadi gemorragik belgilar, toshmalar oqara boshlaydi. Rekonvalessentsiya davri 2-3 hafta davom etadi va bemorning umumiy holsizligi bilan namoyon bo‘ladi. - Tuzalish davri kasallikning 8-9-kunidan boshlanadi, bemorda intoksikatsiya belgilari kamayadi gemorragik belgilar, toshmalar oqara boshlaydi. Rekonvalessentsiya davri 2-3 hafta davom etadi va bemorning umumiy holsizligi bilan namoyon bo‘ladi.
- Gemorragik isitma og‘irlik darajasiga qarab: yengil, bilinar-bilinmas o‘tadi; o‘rtacha og‘ir, og‘ir (kasallikning og‘irligi) gemorragik sindromning namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Burundan milklardan, ichaklardan qon ketish, qon qusish bilan birga kelsa kasallik yanada og‘ir kechadi.
ASORATLAR - Gemorragik shok - ko‘p qon yo‘qotish natijasida
- hamrox infeksiya (o‘choqli pnevmoniya, parotit, sepsis).
- Retsidivlar kamdan-kam uchraydi.
TASHXISOTI - Kasallikning aniq kechuvida tashxis qo‘yish qiyin emas, ayniqsa tabiiy o‘choq zonalarida. Ko‘rsatma kana chaqishi va kasallik belgilarining ketma-ket namoyon bo‘lishi (kasallik belgilarining o‘tkir boshlanishi, qaltirash, harorat, gemorragik belgilar) kasalikka aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi.
- Gemorragik isitmada serologik tekshiruv keng ishlatilmaydi, lekin rekonvalessent zardobi bilan antigen komplement bog‘lash reaksiyasida ko‘pincha ijobiy natija beradi
Davosi - Etiotrop ( anandin, maxsus immunoglobulin, giperimmun plazma, interferon preparatlar va uning induktorlari).
- Patogenetik (intoksikatsiya bilan kurash, gemorragik o’zgarishlar va b.).
- Simptomatik (antipiretiklar va analgetiklar, antigistaminlar).
Gemorragik sindromga qarshi kurash – bu kasallikni davolashning asosiy 2-bosqichi hisoblanadi. Qonni to‘xtatishining eng yaxshi usuli bu yangi qon, uning komponentlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar hisoblanadi, uning miqdori yo‘qotilgan qon miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Sutkalik miqdor 600-700 ml. - Gemorragik sindromga qarshi kurash – bu kasallikni davolashning asosiy 2-bosqichi hisoblanadi. Qonni to‘xtatishining eng yaxshi usuli bu yangi qon, uning komponentlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar hisoblanadi, uning miqdori yo‘qotilgan qon miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Sutkalik miqdor 600-700 ml.
- Gemostaz maqsadida trombotsitar massa (50-100 ml) va plazma (50-100 ml).
- Qon ivish xususiyatlarini oshiruvchilardan – tomchilab 6% aminokapron kislota (50-100 mg).
- antiproteaz faol preparatlar (trasilol, kontrikal 40000-60000 TB), gemofobin 10 ml 2-3 mahal m/i.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |