Toshkent 2019 O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Investitsiya loyihalarda noaniqlik va qaltislik tushunchalari


Download 1.65 Mb.
bet145/162
Sana08.03.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1249961
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiyot kafe-fayllar.org

1. Investitsiya loyihalarda noaniqlik va qaltislik tushunchalari. 

Investitsiya loyihalarda noaniqlik va qaltisliklarni aniqlash va ularni


boshqarish ularni har bir bosqichida juda muhimdir.
Biz xoxlamagan narsaning, voqeaning sodir bo„lish ehtimolini
qaltislik deb ataymiz. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu
loyihalarda ko„zda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir. Buning
natijasida investorlarning loyihani moliyalashtirishga bo„lgan qiziqishi
pasayadi yoki loyiha umuman qiziqtirmay qolishi mumkin.
Iqtisodiy qaltislik deganda pul ko„rinishida ifodalanishi mumkin
bo„lgan turli zararlarning yuzaga kelish ehtimolligi tushuniladi.
Ular quyidagicha bo„lishi mumkin:
ü Zarar ko„rish xavfi, ehtimolligi mavjud.Qaysidir mahsulotni ishlab
chiqarish zarar keltirishi mumkin; Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida xatto eng yirik xalqaro kompaniyalar ham ba‟zi sohalarini yoki

~ 174 ~

mahsulotlarini ishlab chiqarishni to„xtatib qo„ydi, uni o„rniga ekologik sof
va tan - narhi arzon mahsulotlar ishlab chiqarishga utdilar.
ü Noaniqlik, oldindan ko„ra bilish imkoniyati yo„qligi. YA‟ni
bozorning o„rganilmaganligi yoki boshqa sabablar tufayli ma‟lum bir
loyiha uchun yakuniy moliyaviy natija qanday bo„lishini oldindan aytish
qiyin bo„ladi.
Firmada ro„y berishi mumkin bo„lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan
ularning ikki turi ko„riladi:
1. Moliyaviy qaltisliklar.
2. Firma xo„jalik faoliyati bilan bog„liq qaltisliklar.

2. Qaltisliklarni boshqarish usullari 

Qaltisliklarni boshqarishning ko„p qo„llaniladigan aniq usullari


quyidagilar:
1. Qaltislikdan qochish yoki inkor qilish (Risk avoidance).
Kompaniyalar ishida qochish mumkin bo„lmagan katta qaltisliklar mavjud
bo„ladi. Bunday qaltisliklarni biroz kamaytirish mumkin, ammo bu
ularning ta‟sir kuchini kamaytirmaydi.
2. Qaltisni o„ziga olish (Risk assumption). Uning mohiyati – zararlarni
xususiy moliyaviy imkoniyatlar asosida qoplashdir.
3. Qaltislikni oldini olish (Loss prevention). Bu usulda ular yuzaga
kelishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qilinadi.
4. Zararni kamaytirish (Loss reduction). Bu usulning mohiyati
zararlarni kamaytirishga qaratilgan.
5. Sug„urtalash (Incurance). Bu usul qaltislik boshqaruvida eng ko„p
qo„llaniladigan usullardan biridir.
6. O„z-o„zini sug„urta qilish (Self-insurance) usuli ya‟ni zararlarni
qoplashga qaratilgan shaxsiy sug„urta fondlarini tuzishga qaratilgan.
7. Qaltislikni boshqaga o„tkazish (Risk transfer) usuli shuni
anglatadiki firma o„zidagi ehtimoliy qaltislik , zararni boshqa firmaga
o„tkazadi.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling