Toshkent-2020 Qumli joylarda yo‘llarni loyihalashning o‘ziga xosliklari. Reja: kirish asosiy qism qumli cho‘llarda yo‘l poyini qurish


Qumli cho‘llarda yo‘l poyini qurish


Download 368.5 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi368.5 Kb.
#1173999
1   2   3
Bog'liq
Toshkent-2020 Qumli joylarda yo‘llarni loyihalashning o‘ziga xos

Qumli cho‘llarda yo‘l poyini qurish
O‘t o‘sgan qumlarda yo‘lni qurish va undan foydalanish ancha yengil,chunki bu yerda qurilish ishlari to‘g‘ri olib borilsa, relyefning harakatchan shakli va ko‘chkisi bo‘lmaydi. Bu sharoitlarda iloji boricha o‘simlik qoplamasini buzmasdan yo‘l poyini qurish kerak. Gruntni yon rezervlardan emas ko‘tarma uchun o‘ymadan yoki grunt karyeridan olish maqsadga muvofiq.
Yer ishlarini olib borish uchun eng yaxshi vaqt – qum nam va mashinalar o‘ta oladigan bo‘lgan qish va bahor oylaridir. Bu davrda buldozer va skreperning ish unumdorligi yuqori bo‘ladi. Yo‘lni qum bosishdan muvaffaqiyatli himoyalashni ta'minlovchi tadbirlar ko‘mpleksi ratsional trassani va qulay qurish vaqtini tanlashdan tashqari, yo‘l poyi konstruksiyasini to‘g‘ri belgilash va yer ishlarini olib borishda alohida qoyidaga amal qilish dan iborat. Yo‘lning ko‘ndalang kesimi yo‘l orqali qum ulanib qolmasdan o‘tishini ta'minlashi, ya'ni ko‘tarma va o‘ymani ng yon qiyaligi 1:2 dan kam bo‘lgan oquvchan shaklga bo‘lishi kerak. Yon qiyaliklar va yo‘l yoqasi yo‘l poyi qumini shamolda uchib ketishidan himoya qilinishi kerak.
Qumli ko‘chishlar xosil bo‘ladigan joylarda yo‘l polosasi yo‘lni bitta yoki ikkita tomonidan 15 -40 m kenglikda buldozer bilan tekislanadi. Mintaqan ingkatta kengligi (25-40 m) yirik shakldagi relyef (barxanlar va barxan zanjirlari) xosil bo‘ladigan joylarda belgilanadi, mayda shakl dagi relyef xosil bo‘ladiganjoylarda mintaqa eni 15 -20 m gacha kamaytiriladi. Qumdan tozalangan bu mintaqa foydalanish davrida qum bosishdan tozalanib turiladi. Tozalangan polosadan tashqarida qum relyefiga, uning harakatchanlik darajasi va o‘simlik o‘sish sharoitiga (fitomelioratsiya) bog‘liq bo‘lgan , kengligi 25-150 m va undan katta bo‘lgan щit, bitum plyonkasi yoki o‘simlik bilan mustahkamlangan yo‘lakcha quriladi. Yon qiyalik, shuningdek, yo‘l qoplamasi asosida qumli ko‘tarma yuzasida kengligi 1-2 m, qalinligi 10-25 sm bo‘lgan bog‘langan gruntli (yengil qumloq tuproq yoki suyuq bitum bilan ishlangan qum) qatlam yo‘l yoqasida, yonbag‘irda, bermada himoya qatlami sifatida yotqiziladi. Qoplamani zichlashtirishda bog‘langan gruntli iborat qatlam bo‘lgani uchun material ostida yotgan qum bilan aralashib ketmaydi, yo‘l yoqasida va qiyalikda qumni shamol uchirmaydi.
Harakatchan qumli sharoitda yo‘lning shamoldan ko‘chmaydigan kesimini qurishda, yo‘l cheti polosasida, o‘qdan 40 -50 m atrofida, har ikki tomonida rezerv va kavalerlar tekislanadi, material qoldiqlari tozalanadi, chunkiy har qanday notekislik natijasida qum to‘plana boshlashi mumkin. Yon rezervdan ko‘tarmaga qumni surish va tekislashda kengaytirilgan ag’dargichli buldozer, shuningdek, ekskavator-draglayn buldozer bilan birgaqo‘llanadi. Taqirlarda, ko‘p hollarda, qumni 100 m ga surish uchun buldozer va skreperlar qo‘llanadi. Gruntni 100 m dan ortiq surish skreper, avtomobilsamosval va boshqa transport vositasi bilan amalga oshiriladi. Qum ko‘tarmadan uchib ketmasligi uchun relyefning harakatlanuvchi shakli uchraydigan joylarda yo‘l poyi bir smenada ko‘tarma qurishdan tashqari asosda va ko‘tarma yon qiyaligidagi qum yuzasida himoya qatlam quriladi. Tugallangan yo‘l bo‘lagida shchitdan mexanik himoya o‘rnatish uchun uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarda ish olib boriladi. Yo‘lni qum bosishdan saqlashning eng yaxshi tadbiri namlikni ko‘p talab qilmaydigan o‘simlik yo‘lakchasini yaratish, shuningdek, yon qiyalikva yo‘l yoqasini bitum va boshqa bog‘lovchi materiallar (polimer smolasi) bilan ishlashdir.
Sochiluvchan qumlarda yo‘l poyini qurish bo‘yicha yo‘l -qurilish otryadi tarkibida asosni tekislash va tozalash, yo‘l cheti polosasida qumni surish uchun
buldozerdan tashqari ko‘tarmada va yo‘l chetida qumni tekislash uchun og‘ir
aravachali greyder, suv sepuvchi mashina, qatlam qalinligi 30 sm bo‘lgan
ko‘tarmani zichlash uchun katok, himoya qatlamiga bog‘langan grun tni keltirish
uchun skreper yoki aravachali traktor, shuningdek, gruntni tekislash uchun
avtogreyder (himoya qatlami ustida harakatlanuvchi) kerak bo‘ladi. Barxan
qumlarini zichlashtirish tebratuvchi katoklar yordamida olib boriladi. Zichlashtirishda ish tartibi dastlabki zichlashtirish bilan aniqlanadi. Cho‘llarda qurish uchun sun'iy havzalarda to’plangan yomg‘ir suvlari ishlatilishi mumkin. Changli qumlarni suv sepib zichlashtiriladi. Ko‘tarmani zichlashtirilgan so‘ng darhol suv sepib zichlashtiriladigan bog‘langan grunt bilan qoplanadi.

Download 368.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling