Seminar mashg‘ulotlar materiallari (topshiriqlar, keyslar)
1-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja
Ta’lim sohasidagi davlat siyosati.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli.
3.Ta’lim tizimi va turlari.
4. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohatlar.
1-topshiriq. Quyidagi chizmaga e’tibor qarating. Muammo yuzasidan fikr yuriting.
2-topshiriq. Kichik guruhlarga mo‘ljallangan topshiriq
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uning me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks etishini o‘rganish va tahlil etish.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib berish.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlari.
Kichik guruhlarga bo‘lingan holda yuqoridagi masalalar guruh ishtirokchilari tomonidan taqdimot asosida yoritib beriladi.
3-topshiriq. “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlari” mavzusidagi chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi
Quyida keltirilgan jumlalar bilan tanishing. Ularni mos ravishda jadvalning kerakli ustuniga yozib qo‘ying va asoslab bering.
Beshta bo‘lim, o‘ttiz to‘rt moddadan iborat.
Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish masalasi.
Shaxs.
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish.
Fan.
Ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi.
Bilim olish huquqi.
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish.
Ishlab chiqarish.
Xalqaro hamkorlik.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi.
Uzluksiz ta’lim.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi.
Davlat va jamiyat.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |