Тошкент-2021 3 Февраль 2021 3-қисм Тошкент февраль 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana29.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1138061
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 1 qism

Февраль 2021 3-қисм
Тошкент
O‘quvchiga tarixiy ta’lim berish asosida uning tarixiy ongi, tarixiy xotirasini shakllantirish va 
shu jumladan tarixiy tafakkurini hosil qilish; 
Zamon ruhida mos milliy o‘zligini anglagan hamda milliy g‘urur, or- nomus tuyg‘ulari 
singdirilgan, milliy urf-odat va an’analarni saqlovchi va davom ettruvchi, vatanparvar, o‘z 
xalqiga sodiq bo‘lgan barkamol avlodni shakllantish
Yangi texnika va texnologiyalar jamiyat hayotiga jadal kirib kelyotgan, tadqiq etilayotgan 
hozirigi zamonga mos mustaqil fikrga ega bo‘lgan yosh avlodni shakllantirish uchun o‘quvchiga 
rivojlantiruvchi bilim berish ;
Tarix o‘qituvchisi yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zamonaviy tarix nazariyasi, 
konsepsiyalari, metodlarini o‘ziga to‘la o‘zlashtira olishi lozim. Tarix o‘qituvchisi jamiyat oldida 
fuqaroga yangi ta’lim-tarbiya berishda o‘z mas’uliyatini his qilishi lozim. 
Maktablarimizda tarix o‘qitishni milliy asoslarda ko‘rish negizida ta’lim tarbiya samaradorligini 
oshirish, O‘zbekiston tarixini o‘qitish va o‘rganishning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish 
avvalo, o‘qituvchilarga ularning tarix o‘qitishni milliy asosga ko‘rishning ilmiy-nazariy asoslari 
bilan qurollanish darajasi hamda ularni amalda qo‘llay bilish mahoratiga bog‘liq. 
Tarix o‘qitishning samarali bo‘lishida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish muhim
rol o‘ynaydi. Buning uchun o‘qituvchi har bir darsni mazmunli, hayotiy voqealar bilan boyitish, 
ko‘rgazmali qurollar va badiiy adabiyotlar, texnik vositalardan, turli adabiyotlardan unumli 
foydalanib borishi lozim.
Maktab oldida turadigan muhim vazifalardan biri - pedagoglarning kasbiy mahoratini 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Buning uchun ta’lim muassasasida
amal qiladigan samarali metodik xizmat tuzilmasini vujudga keltirish juda zarur, chunki 
o‘qituvchining mahorati joylarda doimiy, tizimlashtirilgan o‘qish orqali shakllantiriladi.


21

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling