Тошкент-2021 3 Май 2021 3-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/37
Sana09.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1467778
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism

Май 2021 3-қисм
Тошкент
5. Tarixiy dalillarni tahlil qilish va taqqoslash asosida, induktiv hamda deduktiv xulosalar 
chiqarish usulidan foydalangan holda yakunlar yasash, yakunlarni, berilgan baholarni asoslab 
berish, tarixiy dalillar va umumiy xulosalarga tayangan holda to‘g‘ri isbotlay olish malakalari;
6. Tarixiy hodisalarning joyini aniqlash, tarixiy xaritani «tilga kirgizish», undagi izohlar va 
shartli belgilardan xatosiz foydalanish, kontur xaritani tarixiy mazmunda to‘ldirish va shu kabi 
malakalar. 
O‘quvchilarda birorta malakani, masalan, tarixiy hodisalarni taqqoslash, isbotlab berish 
malakasini hosil qilmoq uchun, o‘qituvchi o‘sha mantiqiy operatsiyaning maqsadi va mohiyatini 
hamda uni bajarish usullarini tushuntirib, ularni aniq tarixiy materialga tatbiq etgan holda ko‘rsatib 
beradi. Ko‘rsatib berish paytida, mazmuni uncha murakkab bo‘lmagan material: taqqoslash 
uchun — moddiy madaniyatga doir ikki narsa, xulosa chiqarish uchun — mavzuning bir necha 
bo‘limidan iborat matni va shu singarilar tanlangani ma’qul. Masalan, umumiy o‘rta ta’lim 
tizmida insoniyat tarixida ilk davlatning paydo bo‘lishi jarayonlari xususida fikr bildirilganda 
bir necha qadimgi davlatlarning (Qadimgi Gretsiya, Qadimgi Rim, Qadimgi Xitoy va h.k.) paydo 
bo‘lishi, ularning insoniyat tarixida tutgan o‘rni xususida o‘quvchilarda bilimlar shakllantiriladi. 
Ular har bir qadimgi davlatlar haqidagi mavzularni o‘tganda qadimgi davlatlarni bir – biri 
bilan taqqoslash ko‘nikmasini egallagan bo‘lishi lozim. O‘rta maxsus ta’lim tizmida esa shu 
davlatlarning XX – XXI asrdagi tarixi, ularning rivojlanish bosqichlari, jahon hamjamiyatidagi 
o‘rni xususidagi bilim va malakalarni qiyosiy taqqoslagan holatda o‘rganishlari lozim.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, uzliksiz ta’lim tizimining o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus 
ta’lim tizimi bosqichlarida tarix darslarida o‘quvchilarda malaka va ko‘nikmalarni hosil qilinishi 
natijasida sog‘lom e’tiqodli, o‘tkir hissiyotli, yuksak didli, o‘z xatti – harakatlariga javob bera 
oladigan shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish ko‘zda tutiladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling