Тошкент-2021 3 Май 2021 3-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism
Май 2021 3-қисм
Тошкент million - 100 - ming yillikni o‘z ichiga oladi; b) o‘rta paleolit-(Mustьe) davri, mil. avv. 100-40 - ming yilliklar; v) so‘nggi paleolit-mil. avv. 40-12 - ming yilliklar; 2. Mezolit (“mezos”-o‘rta, “litos”-tosh) miloddan avvalgi 12-7 - ming yilliklar. 3. Neolit (“neos”-yangi, “litos” tosh) milod- dan avvalgi 6-4 - ming yilliklar. 4. Eneolit (mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 - ming yillikning oxiri 3 - ming yillikning boshi. 5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 - ming yilliklar. 6. Temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan. O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo‘pol qurollar (chop- perlar) yasab, termachilik va jamoa bo‘lib ov qilish balan shug‘ullangan. Ilk paleolit davri odam- lari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan tubdan farq qilgan. Ular tabiat oldida ojiz bo‘lib, faqat tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar. Yaqin yillargacha O‘zbekiston hududida odamlar bundan 100 ming yillar ilgari yashay boshlagan deb hisoblanardi.Biroq o‘tgan asrning 80-yillar- ida arxeolog olim U.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selengur (So‘x tumani) g‘oridan poleolit davriga oid ajdodlarimiz yashagan joyni topgach, fikrlar o‘zgardi. Ilk paleolit davriga oid Selungurda 13 ta madaniy qatlam aniqlandi. Bu yerdagi topilmalarning yoshi 1 mln. yildan ziyodroq. Bu yerdan topilgan odam jag‘ va yelka suyaklari, tishlari xududimizda “fergantrop” deb nomlangan odamlar yashaganligi va O‘zbekiston haqiqiqatdan ham insoniyat sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligini isbotladi. Toshkent viloyatidagi Obirahmat, Samarqa- nd viloyatidagi qo‘tirbuloq makonlari ham paleolit davriga oid bo‘lib, ularning birinchisidan 21 ta, ikkinchisidan 5 ta madaniy qatlam topib o‘rganilgan. Bu joylarda ko‘plab tosh qurollardan tashqari fil, bug‘u, yovvoyi ot, quyon, echki, to‘ng‘iz, jayron, arxar kabi xayvon suyaklari, gulx- an, kul, ko‘mir qoldiqlari ham topilgan. Bu inson uzoq vaqtlar davomida mazkur makonlarda yashaganligidan dalolat beradi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling