Тошкент-2021 3 Май 2021 3-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/37
Sana09.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1467778
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
3.Tarix saxifalaridagi izlanishlar 3 qism

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998.
2. Eshov B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. Toshkent, 2005.
3. www.ziyouz.com


45
Май 2021 3-қисм
Тошкент
TARIX DARSLARIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH 
Xodjayeva Guzal Asatovna 
Navoiy viloyati Karmana tumani 
5-umumta’lim maktabi 
tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada tarix darslarida o‘quvchilarda tarixiy manba va adabiyotlar bilan 
ishlash kompetensiyalarni shakllantirishda badiiy adabiyotdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar 
berilgan.
Kalit so‘zlar: badiiy obraz, tipik obraz, «Amir Temur», «Sarbadorlar», «Amir Temur», 
«Ulug‘ saltanat» tetrologiyasi, «Sohibqiron va alloma», «Amir Temur».
Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o‘zlashtirishda muhim omil hisoblanadi. 
Tarixiy–badiiy adabiyotlardan foydalanishda o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini 
inobatga olish muhimdir. Badiiy adabiyot obrazlaridan foydalanish o‘qituvchi bayonining 
tarbiyaviy ahamiyatini oshirish bilan birga uning esda qolishini, darsning qiziqarli bo‘lishini 
ta’minlaydi, hamdao‘rganilayotgan tarixiy davr haqida to‘liq tushuncha va tarixiy tasavvur hosil 
qilishga xizmat qiladi. Ma’lum davrning ijtimoiy hodisalarini real aks ettiruvchi haqiqiy badiiy 
obraz, tipik obrazlar o‘sha ijtimoiy hodisaning mohiyatini ifodalaydi.
O‘qituvchi bayonida badiiy adabiyotdan olingan lavhalari bayonning ta’sirchan bo‘lishini ham 
ta’minlaydi, o‘rganilayotgan tarixiy voqealarga nisbatan o‘quvchilarda xayrixoxlik, zavqlanish, 
afsuslanish kayfiyatlarini, nafrat yoki hayrat tuyg‘ularini tug‘diradi. 
O‘qituvchi badiiy adabiyotni tanlashda materialning ta’lim-tarbiyaviy jihatdan qimmati, 
shuningdek tarixiy hodisalarning naqadar haqqoniy real va ilmiy qilib yoritilganligini e’tiborga 
olishi talab etiladi. 
O‘qituvchi o‘z bayonida badiiy adabiyotlardan foydalanish bilan birga o‘quvchilarning sinfda 
va sinfdan tashqari badiiy asarlarni o‘qishlari ustidan doimiy nazorat olib boradi. 
Badiiy adabiyotning qimmati o‘quvchi voqelikni adibning iste’dodi darajasida idrok etishga, 
uni ko‘zi bilan ko‘rishga, uning shaxsi orqali, ma’naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg‘a 
surgan o‘z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. O‘quvchi 
asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat kuzatuvchisiga aylanmasligi, 
balki adib olg‘a surgan ta’lim-tarbiyaviy g‘oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan 
baholashga o‘rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to‘liq, chuqur anglab etishi muqarrar. 
Badiiy asarni to‘g‘ri tanlay bilish ham asar g‘oyasini ta’lim-tarbiyaviy tomondan chuqur 
o‘zlashtirishning muhim omillaridan biri bo‘lib, uni tanlashda ma’lum mezonlarga asoslaniladi, 
ya’ni badiiy asarning yuksak g‘oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o‘rni 
(asosan yuqori sinflarda): asarning yaratilgan va o‘rganilayotgan davr uchun ahamiyati (bu ham 
asosan yuqori sinflarda hisobga olinadi); badiiy asarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi 
xususiyati; badiiy asarning o‘quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; badiiy asarning o‘quvchi 
yoshiga mosligi, munosibligi; o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi; o‘quvchining ma’naviy qiziqishi; 
talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.
O‘qituvchi badiiy adabiyotni tanlashda materialning ta’lim-tarbiya jihatidan qimmati tarixiy 
hodisalarning naqadar haqqoniy real va ilmiy qilib yoritilganligini e’tiborga oladi. 
O‘qituvchi tarix darslarida foydalanish uchun badiiy adabiyotdan:
a) ta’lim tizimi dasturida ko‘zda tutilgan tarixiy voqealarning tasviriga; 
b) tarixiy arboblar rolini ko‘rsatishga; 
v) muhim tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan joylarni va u erlarning aniq sharoitini tasvirlashga va 
sh. k. larga bag‘ishlangan asarlarni tanlaydi. 
Shu jihatdan badiiy adabiyotning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi ahamiyati katta 
bo‘lib, u nafaqat ta’lim beradi balki tarbiyalaydi ham. 
Badiiy adabiyotning qimmati o‘quvchi voqelikni adibning iste’dodi darajasida idrok etishga, 
uni ko‘zi bilan ko‘rishga, uning shaxsi orqali, ma’naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg‘a 
surgan o‘z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi.


(3-қисм)

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling