Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MULTIMEDIALI 
DARSLARNI TASHKIL ETISH
Uljayeva Guldiyora Tolibovna 
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan
ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Tel:+998933165631 Email:GuldiyorTolibova@gmail.com
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda darslarni integratsiyalashdagi muvaffaqiyatlar haqida 
so‘z yuriltilgan 
Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar 
Boshlang‘ich ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot 
texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari 
asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga 
mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv 
materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga 
erishish motivasiya bo‘lib, bu o‘qituvchi vao‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim etishda barcha 
imkoniyatlarni o‘zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu 
axborot texnologiyalari bo‘lib, uning negizini ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil 
etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida, 
yangiliklardan boxabar bo‘lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Boshlang‘ich 
sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning kayfiyati,qiziqishlari, 
hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko‘nikmalarini namoyon qiladi.Internet 
texnologiyalarining kirib kelishi o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini 
beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va 
mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga 
oshirishga sharoit yaratadi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta’lim 
jarayoniga keng tatbiq etib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o‘rgatishdan 
iboratdir.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘qituvchiga:
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo‘lish;
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga:
- fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
- ensiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
- mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash;
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga 
doimiy ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an’anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, 
chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir. Multimediali darslar quyidagi didaktik 
masalalarni hal qilishga yordam beradi:
- fan bo‘yicha asosiy bilimlarni o‘zlashtirish;
- o‘zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta’minlash;
- o‘z - o‘zini nazorat ko‘nikmasini shakllantirish;
- bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish;
- o‘quvchilarni o‘quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o‘quv – metodik yordam 
ko‘rsatish.
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o‘qitish kata samara beradi. 
Buning uchun esa mashg‘ulotlarning har bir mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalari yaratilishi 
lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari 


65

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling