Март 2021 10-қисм
Тошкент
dilbandingiz yomon bola emasligini aniq-ravshan tushuntirishga harakat qiling.
2. Bolani jazolamang! U enurezga chalingani uchun aybdor emas va buning uchun sizdan kam
qayg‘urayotgani yo‘q. Unga tagini ho‘llab qo‘ygani uchun na so‘z, na nigoh bilan gina qilmang.
Tushuning, bu bolaga yordam bermaydi. Tagini ho‘llab qo‘yishni xohlaydigan bola bo‘lmaydi.
Farzandingiz to‘shagini ho‘llab qo‘ysa, «obbo, o‘rning yana ho‘l-ku!» kabi gaplarni aytmang.
Yaxshisi, hech nima demang. E’tiboringizni faqat muvaffaqiyatlarga qaratishingiz kerak.
3. Bola har kuni bir xil vaqtda uyquga ketishga odatlansin. Kechqurun birgalikda kitob o‘qing,
rasm chizing. Kechasi televizor tomosha qilmagani, kompyuter o‘yinlari o‘ynamagani ma’qul.
4. 4 yoshdan bolaga onalar psixoterapiyani qo‘llashlari mumkin. Bu uxlashdan oldin amalga
oshiriladi. Bola uyquga ketishidan oldin kaftingizni peshanasiga qo‘yib, unga «hojatga chiqqim
kelsa, albatta uyg‘onib, hojatxonaga boraman. To‘shagim quruq bo‘ladi» kabi gaplarni jiddiy va
shoshmasdan ayting. Agar bola bu gaplarni takrorlasa, yana-da yaxshi. «O‘z-o‘zini ishontirish»
mashqini kuniga 5-7 martadan 1-2 oy davom ettiring.
5. Bolani kechasi uyg‘otish mumkin emas. Bu tarzda bolada hech qachon peshobi qistaganda
o‘zi uyg‘onish refleksi shakllanmaydi. U o‘z peshob pufagini o‘zi sezishga o‘rganishi kerak.
Majburan uyg‘otish orqali esa bu refleks paydo bo‘lishiga faqatgina xalaqit berasiz.
6. «Quruq tunlar» uchun farzandingizni rag‘batlantiring.
7. Bola bilan birga taqvim tuting. Odatiy mitti taqvimchaga «ho‘l» va «quruq» tunlarni birgalikda
belgilab boring. Qurug‘ini qizil, ho‘lini ko‘k qalam bilan belgilang. Ham qiziqarli, ham foydali.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shabalov N.P.Detskie bolezni. Sankt-Peterburg, Moskva Xarkov. 2000
2. D. Abdullaeva, R. Yorqulov, N. Atabaeva “Oila psixologiyasi” 2015 Toshkent
68
Do'stlaringiz bilan baham: |