Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR
Yusupova Sayyora 
Xorazm viloyati Urganch tumani 
15 – maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qitishda interfaol metodlar 
va ularning qo‘llash texnologiyasi haqida yoritilgan. 
Kalit so‘zlar: Aqliy hujum, Munozara, Debat, O‘z o‘rningni top, Kichik guruhlarda ishlash, 
Tanqidiy fikrlash.
Bugungi zamon talabi o‘z fikrini ravon va lo‘nda, go‘zal va ifodali bayon qiluvchi nutqiy 
savodxonligi yuqori bo‘lgan o‘quvchini shakllantirishdan iboratdir. O‘quvchilarning mustaqil 
fikrlash qobiliyatining rivojlanishi berilayotgan ta’lim sifatining samaradorligining yuqori bo‘lishini 
ta’minlaydi, binobarin, erkin fikrlash barkamol shaxs sifatining bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Bu borada o‘quvchilarning nutqi ravon hamda tiniq fikrga ega bo‘lishlarida ona tili fanining 
o‘rni beqiyos. Endilikda bu masalaning yechimi sifatida darslarda o‘quvchining passiv tinglovchi 
bo‘lib qolmay bevosita dars jarayonida faol ishtiroki ta’minlanishi, o‘qituvchi esa ma’ruzachi 
emas, dars jarayoni va o‘quvchilar faoliyatini boshqaruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga 
alohida e’tibor qaratilmog‘i kerak.
O‘quvchilar nutqining ravonligini ta’minlashda ona tili darslarida grammatika grammatika 
uchun emas, grammatika amaliyot uchun tamoyiliga asoslanyapti. Dars jarayonlarini olib borishda 
har bir pedagog o‘quvchilar faolligini ta’minlashda va ularning nutqini erkin bayon qila olishlari 
uchun turli grammatik o‘yinlar, muhokamali topshiriqlar, testlar, rasmli topshiriqlar, rebuslar va 
shu kabilardan samarali foydanmog‘i lozim. O‘quvchilarni yanada darsga qiziqishini oshirish, 
ularning nutq boyligini o‘stirishda imkon darajasida videodarslar, audiodars hamda kompyuter 
texnikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha o‘qituvchi ta’limni tashkil etadi, nazorat qiladi. Bu 
borada buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning quyidagi so‘zlari fikrimizning dalili bo‘la 
oladi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning 
diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur”.
Bizning ta’lim tizimimizda ham yetakchilik qilayotgan chet el didaktikasining interfaol 
metodlari - Aqliy hujum, Munozara, Debat, O‘z o‘rningni top, Kichik guruhlarda ishlash, Tanqidiy 
fikrlash kabilarda bilish bilan birgalikda mustaqil o‘z fikrini bayon qila olish ko‘nikmalariga 
ahamiyat beriladi.
Maktab ona tili ta’limining bosh maqsadlaridan biri o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash 
ko‘nikmalarini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, ona tili ta’limi jarayonida og‘zaki va yozma 
nutqni rivojlantirish eng muhim omillardan. U izchillikni, tizimlilikni talab etadi. Ayni paytda 
ta’lim jarayonida pedagogik texnologiya unsurlari keng joriy etilib, o‘zining muayyan samarasini 
berayotgan ekan, nutq o‘stirishda va savodxonlikni tarkib toptirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan 
ayrim pedagogik texnologiyalar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
“Rasmlar so‘zlaganda” video lug‘at-diktanti. O‘qituvchi slaydga yozilishi va aytilishi qiyin 
bo‘lgan narsa-buyumlarning rasmlarini joylaydi va ijtimoiy tarmoq orqali o‘quvchilarning 
telegramdagi guruhiga jo‘natadi. O‘quvchilar ularning nomlarini to‘g‘ri yozishga harakat qiladilar. 
Rasmlarga qarab o‘quvchilar barcha so‘zlarni yozib bo‘lgach, o‘qituvchi so‘zlar yozilgan lug‘atni 
jo‘natadi va o‘quvchilar o‘zlari yozgan so‘zlarni tekshirib oladilar hamda zarur holda xatolarini 
tekshiradilar. Bu usulni barcha so‘z turkumlariga moslashtirgan holda o‘tkazish mumkin.
“So‘zsiz suratni izohlash” metodi. O‘quvchilarga faqatgina rasmlargina mavjud bo‘lgan 
izohlarsiz suratlar jo‘natiladi. Ular har bir rasmlarni kuzatib, gap tuzadilar va yozadilar. Tuzgan 
matnlarida xalq maqollari, hikmatli so‘zlar va she’riy parchalardan foydanishlari mumkinligi 
ta’kidlanadi. Bu orqali ularning tasavvurlari kengayadi, ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Ona 
tili va o‘qish fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish 
ko‘nikmalari hosil bo‘ladi.


69

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling