Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Kalit so‘zlar: Innovatsion, axbort, kommunikatsiya, intellektual, e’tibor, texnikaviy, qobiliyat, 
interaktiv, refleksiv, ijtimoiy psixologik, motivatsiya.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar ta’lim 
tizimini modernizatsiya qilinishi hamda innovatsion texnologiyalarni keng o‘zlashtirilishi ta’lim 
muassasasi oldida dolzarb vazifalarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda.Ta’lim jarayonida 
zamonaviy innovatsiyon axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muhim 
vazifalaridan biriga aylanganligi hammamizga ma’lum. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
intellektual va texnikaviy qobiliyatlarini rivojlantirib shaxs xususiyatlarini shakllantirishga yordam 
beradi. “Vatanimiz kelajagi, xalqimizni ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi 
obro‘-etibori, avvalambor, yoshlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib qanday inson bo‘lib hayotga 
kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. 
I.A.Karimov
1

Zamonaviy axborot innovatsiyon texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanar ekanmiz, 
biz uning ijobiy ta’sir yo‘llari orqali yondasha olishimiz lozim, ya’ni, birinchidan, axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari zaminida yuz berishi mumkin bo‘lgan yangiliklar an’anaviy 
muloqot sharoitlarida olib boriladi. Dars jarayonida texnika bilan shaxs va shaxs bilan shaxs 
o‘rtasidagi muloqotni muvofiqlashtirib olib borish maqsadga muvofiq. 
Ta’lim beruvchilar innovatsiyon texnologiyalaridan foydalanish va amaliyotga tadbiq etish 
jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv hamda refleksiv ta’sirni unutmasligi 
kerak. Ta’lim jarayonida innovatsiyon texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning 
kommunikativ va bilish faoliyatini sifat o‘zgarishlariga olib boradi hamda ta’lim olish usullarining 
o‘zgarishi asosida shaxs sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, internet bilan ishlaganda, 
o‘quvchilarning faolligi ortadi va ta’lim jarayoni individuallashadi, turli ma’lumot manbalari 
bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarning shaxsini rivojlantiradi. Ularda 
mustaqil fikr yuritishga, tashabbuskorlikka, mobillikka rag‘batlanish paydo bo‘ladi. Ammo, 
shuning bilan bir qatorda salbiy ta’sirlar ham yuzaga kelishi mumkin. Yani, intensiv intellektual 
va ijodiy rivojlanish o‘quvchilarni mavjud ijtimoiy muhitga moslashishini ta’minlay olmaydi. 
O‘quv faoliyati jarayonida dars maqsadining aniqligi, mantiqiyligi, ketma-ketliligi hamda 
o‘quvchilarning refleksivligiga e’tibor qaratish lozim. Bu birinchidan, o‘quvchining ruhiy 
muloqotini amalga oshirish uchun muhim bo‘lsa, ikkinchidan, teskari aloqani kuchaytirishga asos 
bo‘ladi va ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan dasturiy va texnik vositalarning “insonlashuvi” 
kuzatiladi. Bu jarayonda zamonaviy kommunikatsiya axborot texnologiyalarining o‘quvchilarga 
ta’siri ortib, u chegaralangan doiradagi ruhiy ta’sirlardan tortib, to shaxsni to‘la o‘zgartirishgacha 
(internetga bog‘lanib qolish, xakerlik sindromi) olib keladigan jarayondan saqlashi mumkin.
Psixolog olimlar bugungi kunda innovatsiyon texnologiyalarining ruhiyatga ta’sir ko‘rsatishi 
va undan oqilona foydalanish e’tiborga molik masala ekanligini uqtiradilar. Bu esa o‘z navbatida 
pedagoglar uchun ham o‘ta dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Sharq donishmandlari “Qaerga 
ketayotganingni bilish uchun qaerdan kelayotganingni aniqlash lozim” - deb aytgan hikmatli 
so‘zlaridan hamda yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib o‘quv muhiti dasturini axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari orqali loyihalayotgan vaqtda o‘quvchilarni ongli fikrlashi va 
o‘zaro ta’sir holatiga ham alohida e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq buladi. 
Bundan tashqari, innovatsiyon texnologiyalaridan foydalanganda auditoriyada mebellarni 
joylashtirish, adabiyot tanlash, tajriba, kerakli resurslar, oquvchilar hissiyotlariga ta’sir etish va 
1
Каримов И.А. “Юксак маънавият енгилмас куч”.__ Т.: «Маънавият», 2008. __1б


117

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling