Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.(1-jild).-T.:”O‘qituvchi”,1995.
2. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar:muammolar,yechimlar.Ilmiy-amaliy konferensiya 
materiallari.-T.:O‘z PFITI,1999.
3. www.ziyouz.com


114
Март 2021 10-қисм
Тошкент
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYALANUVCHILARINING 
O‘QISHGA QIZIQISHINI AQLIY SHAKILLANTIRISH
Ro‘ziyeva Nazira Yodgorovna 
ТДТU Теrmiz filiali o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining o‘qishga 
qiziqishini aqliy shakillantirishda nutq, muloqat o‘qish va savodga tayyorgarlik malakalarini 
shakillantirish bu esa tarbiyalanuvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobilyatni va bilish 
faoliyatini talab qiluvchi o‘quv jarayonida belgilanishi haqida bayon etilgan.
Kаlit so‘zlar: Макtabgacha ta’lim, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, nutq, muloqat, o‘qish, yozish, 
ko‘nikma, malaka, aqliy qobiliyat.
Kirish so‘zi: Bolalarni maktab ta’limiga aqliy jihatdan tayyorgarligining ahamiyati o‘quv 
faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Bu o‘quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobilyatni 
va bilish faoliyatini talab qiluvchi o‘quv jarayonidan kelib chiqib belgilanadi.
Maktabda aqliy tayyorgarlik quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topadi:
1. Bolada atrof-olam haqida yetarlicha keng bilim boyligining mavjudligi. Bilimlarning bu 
zahirasi o‘qituvchi ishini tashkil etishda zaruriy asos xisoblanadi;
2. Bolalar bilimlarining yetarli darajada hisoblashtirilganligi. Bu bola voqelikning nisbatan 
yirik sohalarini (jonli va jonsiz tabiat, inson faoliyati, narsalar olami va h.k) ayrim tomonlarini 
farqlay olishi;
3. Bola egallagan bilimlarining sifati. Bunda bilimlarning sifat ko‘rsatkichi, ongli ravishda 
egallanganligi, tasavvurlarning aniq va tabaqalashtirilganligi, oddiy tushunchalar mazmuni va 
hajmining to‘liqligi, muntazamlilik (funksional, makon va zamon munosabatlari, sabab, oqibat, 
vashukabilarni aksettirabilish qobilyati).
4. Bolaning bilish faoliyatining muayyan darajada rivojlanganligi. Bunda bilish 
jarayonlarining o‘sib boruvchi ixtiyoriyligi: mavzuni mano jihatidan ixtiyoriy eslab qolish va 
takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, amaliy masalalarni maqsadga muvofiq 
xal etish qobilyati, bilish jarayonining sifatini oshirish, sezgilarning aniqligi, idrokning to‘liq va 
tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi, bolada atrof-olamni 
bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o‘qishga intilishning mavjudligi muxim 
axamiyatga ega. Psixolog olimlarning (L.I.Bojovich, L.A.Venger, A.A.Lyubliniskaya) fikricha, 
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni, ishtiyoqni, o‘qishga va maktab 
qoidalarini bajarishga istakni tarbiyalash, maktabga ijobiy munosabatni, kitobga qiziqishni tarkib 
toptirish, o‘quvchilarda barqaror o‘quv qiziqishlari va maktabdagi o‘quv jarayoniga mas’uliyatli 
munosabatni hosil qilishning muxim zamini hisoblanadi.
Bo‘lajak o‘quvchini maktabga aqliy tayyorgarligida tafakkur faoliyatining umumiy darajasi 
muhimdir. Bunda maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik sharoitlarda 
olib boriladigan har tomonlama ishlar asos hisoblanadi. Bolalarning tafakkur faoliyatlarini 
shakllantirishda tahlil qilish, sintez, oddiy umumlashtirish, qiyoslash qobilyatlari tarkib toptiriladi.
Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini taminlashda bola o‘z amaliy faoliyatini mustaqil 
rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko‘nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo‘yish va 
uni hal eta olish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Bolalar muntazam ta’lim olish jarayonida, maktabgacha davrning ohiriga kelib, o‘quv 
faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini:
- Tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish;
- Tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni;
- Kattalar tomonidan ko‘rsatilgan usullardan foydalangan holda ishni bajarish va natijaga 
erishish;
- O‘z xatti-xarakati, xulq-atvori, faoliyati va topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish 
ko‘nikmasi;
- O‘zining va boshqalarning ishlariga tanqidiy baho bera olish qobilyatlarini egallay olishlari;
- Tarbiyachi tomonidan qo‘yilgan ma’lum talab va qoidalarga ongli ravishda bo‘ysunish 
ko‘nikmasini tarkib toptirish zarurdir.


115

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling