Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.06 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Март 2021 10-қисм Тошкент ZAMONAVIY TA’LIMDA O‘QITUVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHI Qaytarov Sag‘dulla Qurbonali o‘g‘li
- Annotatsiya
Март 2021 10-қисм
Тошкент Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun // Xalq ta’limi. 1997. №5. S.4-16. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. “Xalq so‘zi”. 11 fevral, 2004 y. 3. “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2005, 3-iyun. Internet manbalar: 1. http://www.ziyonet.o‘z - O‘zbekiston Respublikasi axborot-ta’lim tarmog‘i. 2. http://diamond. stup.ac.ru /ENG/F4/Direct/4.html - «Ta’limda yangi axborot texnologiyalari» nomli Rossiya ta’lim sayti. 3. www.search.re.o‘z - O‘zbekiston axborotlarni izlab topish tizimi. 110 Март 2021 10-қисм Тошкент ZAMONAVIY TA’LIMDA O‘QITUVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHI Qaytarov Sag‘dulla Qurbonali o‘g‘li Karmana tuman 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada innovatsion rivojlanishning umumiy va o‘ziga xos jihatlari, ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion usuldan foydalanish haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Novatsiya va innovatsiya tushunchasi, texnik-texnologik, konseptual, mahsuli, ijtimoiy, yondashuv, metodlar, prinsipial. Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy - madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya - ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir. “Bugungi kun jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, ijodiy fikrlash, yangi innovatsiyon texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.”. 1 Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: - faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi) - kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli) - kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan) Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishiga olib keladi. «Yangiliklarni joriy qilish» tushunchasi bizningcha, yangilik, ham ana shu yangilikni amaliyotga joriy etish jarayonidir. Yangilik - bu alohida olingan shaxs uchun yangi bo‘lgan g‘oyadir, bu g‘oya obyektiv ravishda yangi yoki yangi emasligi ahamiyat kasb etmaydi, biz uni vaqt bo‘yicha - yangilik ochilgan payt yoki undan birinchi marta foydalanilgan paytda aniqlaymiz. Yangilikni joriy qilish predmet mazmuniga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi: 1) texnik-texnologik; 2) mahsuliy; 3) ijtimoiy. O‘z navbatida bularga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv, xususiy - ijtimoiy, huquqiy. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad — o‘qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini 1 L.R. Gaynutdinova,S.N. Alimxodjaeva, “Uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish usullari” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling