Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
BARKAMOL SHAXSNI TARBIYALASHDA OILANING O‘RNI
Hasanova Feruza Gadoyevna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 
18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Annotatsiya: ushbu maqolada barkamol shaxsni tarbiyalashda ota-onaning o‘rni haqida so‘z 
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: burch, barkamol shaxs, iqtidorli yoshlar, yetuk farzand, kasb-hunar, xarakter-
xususiyat.
Oila mustahkam bo‘lishi, unda tarbiyalanayotgan farzandlarning jismoniy va ma’naviy 
jihatdan barkamolligi masalasi barcha davrlarda dolzarb ahamiyat kasb etgan. O‘zbekistonda esa 
ushbu masalaga istiqlol yillarida nihoyatda katta ahamiyat bårilmoqda. Har bir ota-ona o‘z burch 
va mas’uliyatlarini anglab yetgandagina oilada farzand tarbiyasida ijobiy natijalarga erishish 
mumkin. Mamlakatimizning yetuk olimlari barkamol, izlanuvchi, iqtidorli yoshlarni tarbiyalashni 
oila psixologiyasining turli jabhalarida ishonchli usullari yordamida tadqiq etib kålmoqdalar. Shu 
o‘rinda alohida e’tirof etish joizki, istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq oilaning jamiyat va 
davlat hayotidagi maqomini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Avvalo, 
farzandlarimizni milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga åtkazishning 
dolzarbligini ko‘rsatadi va oila muhiti, undagi ma’naviyatni barqarorlashtirishning eng ta’sirchan 
hamda amalda sinovlardan o‘tgan usul va yondashuvlarni takomillashtirish yo‘llarini o‘rganish 
vazifasini olimlar oldiga qo‘yadi. Bugungi kunda bola ongi shakllanishining ilk maskani oila 
ekanligidan kålib chiqib, ota-onalikning tarbiyaviy imkoniyatlarini yanada kuchaytirishning 
moddiy va ma’naviy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan chuqur o‘rganish lozim.
Bugungi kunda barcha turdagi ta’lim maskanlarida o‘qib, kasb-hunar sirlarini mukammal 
egallayotgan yoshlarni tarbiyalashda biz avvalo,ularning o‘zida hayot falsafasini to‘g‘ri 
shakllantirib, tåran fikrlaydigan bo‘lib kamol topayotganliklariga alohida e’tiborimizni qaratishimiz 
lozim.
Har bir ota va ona farzand kamolotidan birlamchi manfaatdor shaxslar sifatida, avvalo, oiladagi 
xotirjamlik, bag‘ributunlik va salomatlikni asrash borasidagi o‘z imkoniyatlaridan keng va to‘la 
foydalanishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari lozim. Farzandining mehnatsevar, hunarli, 
epli va aqlli bo‘lishin xohlagan ota-ona esa avvalo o‘zi har bir qilgan amalida farosatli, didli, 
sabr-toqatli, har qanday maqsad-muddao oldida qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, halol va 
tirishqoq ekanligini ko‘rsata olishi zarurdir. Zero, bugunning bolasi uchun aytish, tushuntirish, 
hadåb pand-nasihat qilaverish kamlik qiladi, uni o‘rgatish, unga namuna va ibrat bo‘lish, insoniy 
fazilatlarni amalda ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish iozim. Bola tarbiyasini ta’minlovchi barcha 
omillarni ona va ota bilishi shart. Bola ularni psixologik jihatdan idrok etar ekan, undan barcha 
xatti-harakatda o‘rnak oladi. Har bir ota-ona xonadonida o‘sib voyaga yetayotgan yoshlar 
tarbiyasining eng xalqbop, qadriyatlarimizga asoslangan usul va shakllarini o‘rnida joriy etib, 
amalga tadbiq etishlari lozim. Boshlang‘ich sinfda ta’lim olayotgan farzandlarni tarbiyalashda 
“Bu nima?”, “Nega bunday?” degan savollariga o‘zi javob berishiga o‘rgatish kerak. Bu o‘rinda 
asosiy vazifa unga to‘g‘riko‘rsatma bårish, uni mantiqiy xatolardan qutqarish, to‘g‘ri mulohaza 
yuritishga ko‘maklashish kerak. Masalan: “5” raqami qanday bo‘laklardan tuzilgan? Qushlar, 
yirtqich hayvonlar, parrandalar qanaqa bo‘ladi? Ularga misollar aytishni so‘rash kabilar. Bulardan 
tashqari taqqoslash usuli yordami bilan narsalardagi o‘xshash va farqdi tomonlar aniqlanadi. 
Taqqoslash bolai bilish faoliyatining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Natijada bola o‘xshash va 
tafovutli bålgilarni anglab boradi va ular yuzasidan ma’lum xulosaga keladi, unga nimani nima 
bilan taqqoslash kårakligini o‘rgatish lozim, 
Kitob, daftar, qalam-o‘quv qurollari; qo‘g‘irchoq, avtomobil, belkurakcha - o‘yinchoqlar; shkaf, 
javon, stol, stul - uy jihozlari; ayiq, bo‘ri, tulki, yo‘lbars, arslon yovvoyi hayvonlar; buvi, opa, 
oyi, uka, aka, singil - oila a’zolari kabi so‘zlar, tushunchalar orqali guruhlarga ajratish bola aqliy 
faoliyatini rivojlantirishda salmoqli turtki bo‘la oladi.Shuning uchun ularni tasniflashga o‘rgatish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarni har tomonlama yåtuk, go‘zal axloqli, xush odobli inson 
qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ota-onalar farzandining shaxsini 
shakllantirish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yishi uchun dastavval ularning xarakter xislatlarini 


107

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling