Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Март 2021 10-қисм
Тошкент
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun // Xalq ta’limi. 1997. №5. S.4-16.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. “Xalq so‘zi”. 11 
fevral, 2004 y.
3. “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2005, 3-iyun.
Internet manbalar:
1. http://www.ziyonet.o‘z - O‘zbekiston Respublikasi axborot-ta’lim tarmog‘i.
2. http://diamond. stup.ac.ru /ENG/F4/Direct/4.html - «Ta’limda yangi axborot texnologiyalari» 
nomli Rossiya ta’lim sayti.
3. www.search.re.o‘z - O‘zbekiston axborotlarni izlab topish tizimi.


110
Март 2021 10-қисм
Тошкент
ZAMONAVIY TA’LIMDA O‘QITUVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN 
FOYDALANISHI 
Qaytarov Sag‘dulla Qurbonali o‘g‘li
Karmana tuman 30-sonli umumiy 
o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada innovatsion rivojlanishning umumiy va o‘ziga xos jihatlari
ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion usuldan foydalanish haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: Novatsiya va innovatsiya tushunchasi, texnik-texnologik, konseptual, mahsuli, 
ijtimoiy, yondashuv, metodlar, prinsipial.
Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya amaliyot va 
nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy - madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya - ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi 
texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi 
texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum 
bo‘lgan oxirgi natijadir. “Bugungi kun jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‘ziga xos 
xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, ijodiy fikrlash, 
yangi innovatsiyon texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.”.
1
Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi)
- kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli)
- kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan)
Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi 
masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishiga olib keladi.
«Yangiliklarni joriy qilish» tushunchasi bizningcha, yangilik, ham ana shu yangilikni amaliyotga 
joriy etish jarayonidir. Yangilik - bu alohida olingan shaxs uchun yangi bo‘lgan g‘oyadir, bu g‘oya 
obyektiv ravishda yangi yoki yangi emasligi ahamiyat kasb etmaydi, biz uni vaqt bo‘yicha - 
yangilik ochilgan payt yoki undan birinchi marta foydalanilgan paytda aniqlaymiz.
Yangilikni joriy qilish predmet mazmuniga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
1) texnik-texnologik;
2) mahsuliy;
3) ijtimoiy.
O‘z navbatida bularga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv, xususiy - ijtimoiy, 
huquqiy. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» 
va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun 
islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat 
qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi 
faqat ba’zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz novatsiya bilan 
muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga 
oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga 
olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya 
amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar 
yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi.
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion 
faoliyatga tayyorlashdan maqsad — o‘qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil 
o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, 
interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini 

L.R. Gaynutdinova,S.N. Alimxodjaeva, “Uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish usullari”


111

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling