Март 2021 10-қисм
Тошкент
sinfdan tashqari ishlar doirasida “Kim ko‘p kitob o‘qiydi!”, “Kitobsevarlar bellashuvi” kabi
viktorinalar tashkil etish ishlarini ommalashtirish ijobiy natija beradi. Bunda go‘liblar aniqlanib,
ota-onalar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar, maktab ma’mutiyati tomonidan faxriy
yorliqlar nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etilishi o‘quvchilarni bevosita kitob bilan ishlashga
o‘rgatadi. Sinfdan tashqari ishlarni hamkorlikda amalga oshirishni tashkil etishning ahamiyati
esa o‘quvchilarimizni kitobdek, oliyjanob, saxiy, xolis do‘st bilan oshno qilish, ular o‘rtasidagi
doimiy, mustahkam aloqani o‘rnatishdan iborat. Bizning fikrimizcha nafaqat kutubxonachilar,
balki, pedagoglar bilan hamkorlikda bola tarbiyasiga ma’sul ota-ona, bobo-momolarimiz ham
bolalar mutolaasi haqida bilim va malakaga ega bo‘lishlari kerak.
O‘qituvchi kichkintoylarga ertaklarni o‘qishni tavsiya etar ekan, ularning ma’nosini to‘liq
anglab olishlari uchun ertaklar haqida gapirib berishi, kerakli xulosalarni bayon etishi lozim.
O‘qituvchilarning bu kabi ishlarni tashkil etishi kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitilayotgan
darslarni yaxshi o‘zlashtirilishi, kitobni eng yaqin do‘st tutishi, o‘qish madaniyatini shakllantirish
orqali ma’naviy dunyosi boyib borishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - harbir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan ùtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza
2017 yil 14 yanvar, Toshkent - “O‘zbekiston” NMIU,- 2017
2. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: “O‘zbekiston”, 1998 682bet
3. Yo‘ldoshev Å. Kutubxonada bolalar o‘qish madaniyatini tarbiyalash: O‘quv qo‘llanma. T.,
1986.- 48 b.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |