Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
YOSHLARIMIZNI GLOBALLASHUVNING ZARARLI TA’SIRLARIDAN 
HIMOYALASH
Shukurova Shahnoza Shukurovna 
Andijon shahar 17-maktabning 
tarbiya fani o‘qituvchisi
Tel: +998916103074
Annotatsiya. Ushbu maqolada tarbiyani insonparvarlikning yuksak ko‘rinishi sifatida uni 
umuminsoniy, axloqiy, siyosiy jihatdan ahamiyati milliy va zamonaviy ruhda ifodalab berilgan.
Kalit so‘zlar. Tarbiya, barkamol avlod, globallashuv.
Insoniyat yaralibdiki, u har doim tahdidlar, ziddiyatlar va xavotirlar girdobida yashab kelgan. 
Bunday negativ taraqqiyotning turli bosqichlarida, turli xil ko‘rinishlarda va turli nomlarda 
atalib kelinmoqda (urushlar, tabiiy va texnogen fojealar,yadro urushi xavfi va boshqalar).”XX 
asrning so‘nggi yilliklarida insoniyat mutlaqo yangi hodisa globallashuv davriga kirdi.Bu atama 
1983-yilda amerikalik olim T.Levitt tomonidan birinchi bora tilga olingan edi. Juda qisqa vaqt 
ichida “Globallashuv” eng ommalashgan tushuncha darajasiga ko‘tarildi”. U kirib bormagan 
soha qolmadi. Unga turli ta’riflar berish va sohalar bo‘yicha tahlil qilish odat tushiga kirib bo‘ldi.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, globallashuv jarayonining barcha sohalardagi ko‘lami va 
salohiyati dunyo xalqlari hayotini o‘zgartirishdagi qudratini o‘tmishda bo‘lib o‘tgan inqiloblar 
bilan tenglashtirish mumkin. Globallashuvni “Yangi zamon inqilobi” ekanligi masalasi jiddiy 
fikr yuritishga undaydi. Zero, “Inqilob” qanday mazmunda qo‘llanilishidan qat’iy nazar, uning 
natijasida jamiyat hayoti yillar davomida amal qilib kelinayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy 
– madaniy turmush tarzi keyin o‘zgarib ketadi.Ammo biz “Inqilob” atamasini alohida bir davlatda 
sodir bo‘ladigan voqelikka emas, ayni vaqtda umumbashariy hodisa hisoblangan va insoniyat 
taqdirida keskin o‘zgarishlar yasashga qodir bo‘lgan “Globallashuv”ga nisbatan ishlatmoqdamiz. 
Aynan shu jihatlari bilan bugungi kunda globallashuv “Dunyo odami”ni yaratish, madaniyatlar 
integratsiyasi, qadriyatlar qo‘shiluvini maqsad qilganligi bilan, insonning ongi, qalbi va ruhiyatini 
egallash, oxir oqibatda ular ustidan hukmronlikni o‘rnatishga intilayotgan kuchlar qo‘lida qurol 
bo‘lganligi bilan ham insoniyat hayotiga tahdid va xavf-xatardir.
Dunyo ne’matlariga yakka egalik qilish, boshqa xalqlar ustidan o‘z hukmonligini o‘rnatish 
masalasi, endilikda mutlaqo yangicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.Bugungi kunda ilm-
fanning eng yangi yutuqlaridan, dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy holatlardan foydalanish 
urf bo‘lib borayotir. Globallashuv davrida yuksak rivojlangan mamlakatlar endi taraqqiyot 
yo‘liga kirib borayotgan mamlakatlardagi millatlar va elatlarni qaram qilishning eng maqbuli 
hisoblangan ma’naviy muhitiga ta’sir qilish usulidan faol foydalanmoqdalar.Ma’lumki,g‘oyalar, 
qarashlar,axloqiy, huquqiy, estetik, diniy me’yorlar insonga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan 
talablar ma’naviy muhitni tashkil qiladi.Ma’naviy muhit shaxsni ham, muayyan avlodni ham 
ma’lum yo‘nalishda shakllantiradi, tarbiyalaydi ularda ijobiy xislatlarni yuzaga chiqaradi
ularni nomaqbul ta’sirlardan himoya qilishga harakat qiladi.Chetdan qabul qilingan yangi 
qadriyatlarning ham taqdirini belgilaydi, rivojlantiradi, unutilishga mahkum etadi yoki o‘zgartirib 
o‘ziga moslashtiradi.
Hozirda yoshlarimizni globallashuvning zararli ta’sirlaridan himoylash, uning negativ 
ta’sirlariga qarshi tura oladigan mafkuraviy-g‘oyaviy immunitetni shakllantiriish dolzarb 
muammoga aylandi. Bugungi kunda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga 
yetkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa 
sanaladi.Bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlilik bilan 
davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi.
Bunda biz ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo 
najot-yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir”,degan o‘gitiga amal qilishimiz zarur.
Oldimizda turgan ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi 
kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan 
qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha – barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib 
kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.


123

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling