Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHILARNI MATEMATIKA FANINI O‘RGANISHGA TAYYORLASH
Umirzoqova Jumagul Mahmudaliyevna 
Namangan Viloyati Norin tuman 
19-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
+998972177002
umirzoqovajumagul@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali boshlang‘ch sinflarda matematika o‘qitishva matimatika 
fanini o‘rganishda ilksinflar bilan ishlash usullar orqali bolalarni fikrlash qobilyatlarini o‘stirish 
haqida keng yozilgan.
Kalit so‘zlar: matematika, o‘qitish, tayyorlash, asosiy ish, metod, tahlil, sintez, taqqoslash, 
umumlashtirish, tabaqalashtirish.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada 
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib, kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz 
va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.» 
Shavkat Mirziyoev
Zamonaviy ta’lim o‘quvchisi – bu Vatan taqdirini o‘z taqdiri kabi qabul qiladigan, o‘z mam-
lakatining buguni va kelajagi uchun javobgarlikni his etadigan, Respublikamizning ko‘p millatli 
xalqlarining ma’naviy va madaniy an‘analariga asoslangan yuksak ma’naviy, ijodiy, barkamol 
fuqaro. Ma’naviy tarbiya har bir o‘qituvchining asosiy vazifasidir. Fuqarolarning ma’naviy rivo-
jlanishi va ta’lim olishini ta‘minlash zamonaviy davlat siyosatining muhim vazifasidir. Qonunga 
bo‘ysunish, qonun ustuvorligi, ishonch, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning rivojlanishi, mehnat va 
ijtimoiy munosabatlarning sifati – bularning barchasi fuqaroning milliy va umuminsoniy qadri-
yatlarni qabul qilishiga va ularga shaxsiy va jamoat hayotida amal qilishiga bevosita bog‘liqdir.
I-IV sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni 
hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq. 
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini 
tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan 
o‘quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar bilimini 
maxsus daftarga hisobga olib boradi:
1. Nechagacha sanashni biladi?
2. Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.
4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi?
5. Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa oladimi?
6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?
7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?
8. O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi?
9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?
Bolalarni o‘qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, 
tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi 
kerak. Bunday ishlar o‘quvchilarnig og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam 
beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchay.
Umuman olganda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z sinfidagi har bir bolaga o‘z mehri 
, bilimi bilan ularning ishonchini oqlashi lozim.Ularning diqqat e’tibori va kunlik olgan bilim 
savyasi ham aynan shu ilk boshlang‘ich sinfda shakllanadi. Shunung uchun har birimiz bugungi 
kunning imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz va kelajak avlodga sidqidildan ta’lim tarbiya 
berishimiz lozim. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. “Matematika o‘qitish metodikasi” S.Alixonov . Toshkent 2011
2. “Matematika analiz” 1-qism t.Azlarov . Mansrov Toshkent “O‘qitvchi-1994”
3. www.ziyoz.com kutubxonasi


62

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling