Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Январь 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ASOSIY MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING INTERAKTIVLIK METODLARI D.Sayfiyeva.
Январь 2021 10-қисм
Тошкент - jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abdullaeva Q. va boshq. 2-sinfda o‘qish darslari. –T.: O‘qituvchi, 2009. – 266 b. 2. Umarova M, Sh.Hakimova. O‘qish darslari (3-sinf uchun). –T.:Cho‘lpon, 2008. – 126 b. 3. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari. –T.: O‘qituvchi, 2003. 4. Qosimova Q. ―2-sinflarda ona tili darslari, T. ―O‘qituvchi, 1998 yil. 5. G‘afforova T., G‘ulomova X. 1-sinfda o‘qish darslari. –T.:Sharq, 2003. 126 b. 6. Jumaev M.E Matematika o‘qitish metodikasi T.: Turon iqbol 2016. 426 b. 150 Январь 2021 10-қисм Тошкент BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ASOSIY MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING INTERAKTIVLIK METODLARI D.Sayfiyeva. Navoiy viloyat Qiziltepa tumaniga qarashli 8 umumiy o‘rta ta’lim maktani Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Boshlang‘ich matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda asosiy matematik tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha - bu predmet to‘plamlarining muhim, umumiy belgilari to‘g‘risidagi fikrdir. Tushuncha o‘quvchilarda predmet va haqiqiy olam hodisalarining hissiy obrazlari bo‘lgan tasavvurlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Masalan: to‘g‘ri to‘rtburchak formasiga ega bo‘lgan har xil predmetlarni - taxtacha, qog‘oz varag‘i, stol usti, g‘isht yoki gugurt qutisi va shunga o‘xshashlar, badan, muskul sezgilari orqali idrok qilish bilan, o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchak to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu predmetlarning qanday materialdan tayyorlanganligini ularning og‘irligi, rangi va boshqa xossalarini e’tiborga olmay, bu tasavvurlarni taqqoslab o‘quvchi uning umumiy, muhim xossalarini umumlashtiradi. Bu tekis figuralarda 4 tomon, 4 ta to‘g‘ri burchak borligini aniqlaydi. Bu misoldan ko‘rinadiki, geometrik tushunchalarning shakllanish usullaridan biri qaralayotgan predmelar to‘plamiga mos bo‘lmagan har xil belgilarni chiqarib tashlab, umumiy, muhim, belgilarni saqlab olishdan iboratdir. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida ayrim xususiy ko‘rinishlardan boshlab tekis geometrik figuralar to‘plamini qarashlari mumkin. Kvadrat - to‘g‘ri to‘rtburchak- parallelogramm - qavariq to‘rtburchak -ixtiyoriy to‘rtburchak yoki teskarisi. Hamma to‘rtburchaklar to‘plamidan qism to‘plami bo‘lgan qavariq to‘rtburchaklarni ajratish, bundan esa uni qismi bo‘lgan parallelogramm, undan to‘g‘ri to‘rtburchak va oxirida kvadratni ajratish mumkin. Bu tushunchalar orasida bog‘lanish tushunchalar ta’rifida uning yaqin turi va ko‘rinishi farqlarini ko‘rsatish bilan ifodalash mumkin. Masalan: kvadratni hamma tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. To‘g‘ri to‘rtburchak - hamma burchaklari teng parallelogramm sifatida, parallelogramm esa - qarama-qarshi tomonlari parallel qavariq to‘rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. Ko‘rsatilgan usul bilan tushunchalarning shakllanishidan tashqari predmetlar orasidagi munosabatni aniqlash ham mavjuddir. Masalan: geometrik forma tushunchasi yuqoridagi usul bilan vujudga kelishi mumkin emas. Boshqa matematik tushunchalar qaralayotgan ob’ektlar orasidagi munosabatlarni o‘rnatish bilan shakllanadi. Masalan: kesmaning uzunligi tushunchasi kesmalarning ekvivalentlik munosabatlarini o‘rnatish (ustma-ust qo‘yganda mos tushuvchi kesmalar ekvivalent deyiladi). Kesmaning uzunligini o‘zaro ekvivalent bo‘lgan kesmalar sinfida harakterlaydigan umumiylikdir. “Natural son” tushunchasi ham chekli to‘plamlar orasida ekvivalent munosabatlar o‘rnatish orqali hosil qilinadi. Natural son chekli to‘plamlarni harakterlovchi umumiylik sifatida qaraladi. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling