Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
1-SINF O‘QUVCHILARINI MUSTAQIL ISHLASHGA O‘RGATISHDA DIDAKTIK 
O‘YINLARNING AHAMIYATI
Botirova Nigora Ne’matjonovna 
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 
15-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+99894 350 8007
 Annotatsiya. Mazkur maqolada 1-sinf matematika darslarida o‘quvchilarni mustaqil ishlashga 
o‘rgatishda didaktik o‘yinlarning o‘rni va ularni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rsatilib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: mustaqil ish, matematika, didaktik o‘yin.
“Nomerlash” mavzusida o‘tkaziladigan o‘yinlar sonlarni hosil qilish, qatordagi o‘rinni topish, 
narsalarni sanash, sonlarni taqqoslash, son tarkibini o‘rganish maqsadlarda o‘tkaziladi.
Bolalarni matematikani o‘rganishga tayyorlashda ishni “matematik o‘yin” o‘tkazishdan boshlash 
maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar o‘yin usullarini cheksiz takrorlash va ozlashtirish, o‘yinga 
turli narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan: “Jim” o‘yinining 5-7 xilini butun sinf bilan hamda 
ayrim bolalar bilan takrorlab o‘tkazish mumkin. Yana “Nima o‘zgardi?” tipidagi o‘yin turli xil 
ko‘rsatmali material bilan o‘tkaziladi. Natijada o‘yin malakalarining mustahkam o‘zlashtirishga 
imkon tug‘iladi.
O‘yin paytida bolalar psixologiyasining individual xususiyatlari, ularda shartli reflekslarning 
payda bo‘lishi va ularning mustahkamligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. 
Didaktik o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Didaktik o‘yinlar hamjihatlik va imtizonlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir 
o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. Shulardan “Sonni kim tez 
ko‘rsatadi?” “Matematik topishmoq”, “Misollar zanjiri” o‘yinlari va hokazo.
Darsda o‘yinqaroqlik qilib o‘tiradigan va o‘qituvchini bitta dars davomida 10-15 martagacha 
tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o‘yin otkaziladiga vaqtida 
bunday bolalarning xulq – atvori tamoman o‘zgarib ketadi. Ular darhol o‘zlarini tutib oladilar, 
o‘qituvchining o‘yin qoidalarini ko‘rsatib berishini kutib o‘tirmaydilar ham, qoidalarni o‘zlari 
bajonu dil va mustaqil bajaradilar. Didaktik o‘yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji 
boricha tejay bilishi hislatlari tarbiyalanadi.
Matematik darslarida didaktik o‘yinlardan, matematikaga oid she’rlardan foydalanish 
o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Quyida didaktik o‘yin namunalarini havola etamiz.

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling