Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muratova Aziza Yuldashevna Kimyo fani òqtuvchisi. Annotatsiya
Январь 2021 10-қисм
Тошкент “DAVRIY QONUN VA D.I.MENDELEVNING KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY SISTEMASI” MAVZUSINI NOAN‘ANAVIY USULDA O‘TISH Sirdaryo viloyati Xovos tumani 26-umumiy òrta ta’lim maktabi Muratova Aziza Yuldashevna Kimyo fani òqtuvchisi. Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanlarida noan’anaviy usuldan foydalanib dars o‘tish yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: davriy qonun,ta’lim,o‘quvchi,kimyo, innovatsiya, Mendeleev jadvali. O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim-tarbiya tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish dars mashg‘ulotlari sifatini yaxshilash, unu jahon andozalari darajasiga yetkazish asosiy maqsadlardan biriga aylandi. Shunday ekan, darslarda faqat o‘qituvchi faol faoliyat ko‘rsatmasdan, balki o‘quvchilar passiv holatdan darsning asosiy ishtirokchisiga aylanishi, ya‘ni mustaqil ishlashlari zarur. Shu sababli o‘quvchilarni kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, ularga chuqur va puxta bilim berish borasida turli xil noan‘anaviy uslublardan, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish muhim ahamiyatga ega. Kimyo fanini o‘qitishda, an’anaviy dars usullaridan farqliroq noan‘anaviy dars usullaridan foydalanish, hozirgi kun talablaridan biridir. Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini ham shu asnoda o‘tish o‘quvchilarga mavzuni o‘zlashtirishlariga va uzoq vaqt mulohazalar yuritishlariga asos bo‘ladi. Kimyo fanining o‘rganishda ularning belgilari bilan ifodalanishini xuddi kimyo fanining alifbosi deb qarashga imkon beradi. Misol uchun: HOH so‘zini ikki harf ya‘ni H,O lar bilan yozishimiz, yoki suv so‘zini uch harf bilan ifoda etishimiz shunga misoldir. Kimyoviy elementlar, ularning belgilari, formula va tenglamalarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Suv so‘zi, kimyoviy formulasi ikki element bilan H 2 O ya‘ni vodorod va kislorod bilan belgilanadi. Metanning yonishida suv va gaz hosil bo‘ladi. Quyidagi tenglama bilan ifodalaymiz. CH 4 +2O 2 =CO 2 +2H 2 O Elementning og‘irligiga asoslanib qatorga tuzish va har bir elementning atom og‘irligi va qaysi element s, p, d, f ligini ko‘rsatib tushuntirish lozim. Davriylikni kuzatish esa o‘xshash xossa va o‘xshash oila elementlarini ustma ust qo‘yish bilan tushuntiriladi. H He Na Be B C N O F Ne K Mg Al Si P S Cl Ar Bunda tagi birta chiziqlisi qizil rangda, tagida chizig‘i yo‘qlari esa sariq rangda ko‘rsatilishi s va p elementlar to‘g‘risida tushuncha beradi. O‘quvchilarning har biriga bir element berkitilib s elementlar qizil rangda p elementalar sariq rangda yozilib bo‘yaladi. Bunda elementlarning rangiga tushuncha beriladi. Davriy sistemadagi d elementlar esa ko‘k rangda ekanligini o‘quvchiga Sc ,Ti, V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Cu va Zn davriy sistemada belgilangan rang bilan belgilab ularning davriy sistemadagi o‘rni va d orbitalda besh yacheyka mavjudligi, undagi elektronlar soni o‘ntadan oshmasligi tushuntiriladi. Shundan xulosa f elementlar ham qora rangga bo‘yalgan Ce, Pr, Nd, Pm, Sm, Eu, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm, Yb, Lu qatorda o‘quvchilar yordamida tushuntiriladi. Dars davomida har bir ishtirokchi o‘zining qaysi element belgisi bilan ishtirok etishi, elementlar to‘g‘risida ma‘lum bilim, tassavurga ega bo‘lishi ancha oson bo‘ladi. Dars davomida har bir harakat va ko‘rgazmali belgilar darsning ancha qiziqarli bo‘lishini ta‘minlaydi. O‘quvchi bu darsda ham eshitib, ham ko‘radi va amalda bajarib ishtirok etadi. Bunday ko‘rgazmali darsda o‘quvchilarga eslab qolish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Adabiyotlar: 1. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -T.: TDPU, Nizomiy, 2003 2. Axunova G.N.,Golish L.B., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. - Toshkent: Iqtisodiyot, 2009. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling