Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Январь 2021 10-қисм
Тошкент “INTERFAOL” METODI HAMDA UNI DARS JARAYONIDA QO‘LLASH USULLARI Muxammatova Maftuna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgnailadigan ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Tel:+998906466336 Email:maftunmuham@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada “Interfaol” metod haqida so‘z yuriltilgan hamda dars jarayonida qo‘llash usullari haqida mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interct” (rus tilida “intereraktiv”) ifodalanib lug‘aviy nuqtai nazardan “inter”-ozaro,ikki taraflama, ”akt”-harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatsa,interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim,ko‘nikma,hamda muayyan ahloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatga egaliklarini ifodalaydi.Interfaol metodlar-ta’lim jarayoni ishtirokchilari ahloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda,o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatning tashkil etilishini ta’minlovchi metodlar sanaladi. Interfaol metodlar ta’lim oluvchilarni birgalikda,o‘zaro hamkorlik asosida bilim,ko‘nikma,malaka va muayyan sifatlarni o‘zlashtirishlarini ta’minlabgina qolmay,shu bilan birga ularda oquv-bilish faolligini kuchaytirish imkoniyatiga egaligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim oluvchilarning oquv-bilish faolligi ular tomonidan o‘quv axborotlarining etarli darajada qabul qilinishi,oquv materiallari mazmunini puxta o‘zlashtirishlari (nazariy mashg‘ulotlar chog‘ida), anglangan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlashtirish,amalda qo‘llay olish(amaliy mashg‘ulotlar jarayonida) hamda o‘zlashtirilgan bilim,ko‘nikma, malakalarni amalda namoyish etish (sinov va nazorat ishlari vaqtidida) orasidagi amaliy harakatlarning alohida shtiyoq, shijoat,qiziqish,jo‘shqinlik,faollik va tezkorlik asosida tashkil etilishida namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida interfaol metodlardan foydalanish oqituvchining rag‘batlantirish,yo‘naltirish, nazorat qilish va baholashga yo‘naltirilgan harakatlari ta’sirida ta’lim oluvchilar tomonidan juftlik,kichik va katta guruhlarda o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik asosida o‘zlashtirilishini anglatadi. Interfaol metodlarning ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini kuchartirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida “Venn diagrammasi” GO dan,”Klaster”GO dan, “To‘qqizinchisi ortiqcha” strategiyasidan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Men ham darslarimda interfaol metoddan unumli foydalanib boryapman.Bu metod o‘quvchilarning bilim,ko‘nikma,malakalarini yanada oshirishda o‘zini yaxshi samarasini bermoqda. Foydalangan internet saytlar 1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish , referat va yozma ishlar qidirish tizimi 3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling