Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzalari
- «Oʻyinli masalalar»
- «Teskari oʻyin»
Январь 2021 10-қисм
Тошкент AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI BOSHLANGʻICH TA’LIMNING UNIVERSAL VOSITASI SIFATIDA Nazarova Shoxsanam Xolmirzayevna Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 2-umumta’lim maktabi Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi +998933584797 Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimining quyi pogʻonasi boʻlgan boshlangʻich ta’lim darslarining samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalari hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga doir fikrlar bayon etilgan. Kalit soʻzalari: boshlangʻich ta’lim, pedagogik texnologiyalar, AKT, animatsiya, elektron testlar. Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini oʻqitishda AKTdan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, na- faqat oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shax- siy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot-texnologi- yalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirishga imkon yaratadi. Boshlangʻich ta’lim - ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, oʻquvchilarni oʻqitish sifati unga bogʻliq boʻladi va bu boshlangʻich sinf oʻqituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Oʻz faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va oʻquv jarayonida AKTdan foydalanish boʻyicha ma’lum tajribalar toʻplanib borilmoqda. АKTdan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson boʻlib qoldi, butun oʻquv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo boʻldi. Axborot texnologiyalarini barcha oʻquv fanlarda qoʻllash mumkin. Darslarda oʻquv va oʻyin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Boshlangʻich sinflar oʻquvchilari uchun turli didaktik materiallar toʻplamidan foydalanib, koʻrgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. 1-sinfda oʻqish darsida elektron oʻquv qoʻllanmalari tayyorlab, foydalanish joriy qilindi. Unda soʻzni tovushli- harfli tahlil qilish, soʻzning boʻgʻinlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar oʻrganilishi turli qiziqarli koʻrgazmali va ovozli material berilgan. Yorqin rasmlar, gʻaroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi oʻquvchilarda fanga boʻlgan qiziqishni oshirishga yordam beradi, oʻyin shaklida oʻquv materiali bilan tanishish imkonini beradi, oʻzini nazorat qilish va oʻquv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Matematika darslarida «Oʻyinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlangʻich sinfda oʻrganiladigan koʻplab mavzular boʻyicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir oʻquvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Barcha oʻquv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma koʻrinishidagisidan foydalangan boʻlsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir oʻquvchi bilan shugʻullanish mumkin. AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy oʻqish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa oʻquv fanlari boʻyicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib boʻlishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning oʻzi taqdim etadi, u yoki bu mavzu boʻyicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi. Ona tili boʻyicha oʻrganiladigan soʻz leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda oʻquvchilarda qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali oʻquvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, soʻzning toʻgʻri va koʻchma ma’nosini topishga, sinonimlarni toʻgʻri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga oʻrgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bagʻishlangan «Teskari oʻyin» testidan foydalanish oʻquvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida toʻxtalish, oʻquvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling