Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
Январь 2021 10-қисм
Тошкент Kitob bilan ishlashda turli usullardan foydalanish mumkinligi biz o‘qituvchilarga juda yaxshi tanish. Jumladan, ovoz chiqarib o‘qish, ichda o‘qish, ifodali o‘qish, ongli, tushunib o‘qish, tez o‘qish, yakka o‘qish, birgalikda o‘qish, to‘xtab o‘qish usullari mavjud. Bizga yaxshi ma’lumki, o‘qish darslariga qo‘yilgan talablar bir-biriga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bolalar ongli o‘rganmasalar, ifodali o‘qish usullarini yaxshi o‘zlashtira olmaydilar. Yoki, ravon, tushunarli o‘qimasalar o‘qish tezligini oshirish mumkin ham emas. Demak, o‘qish turlarining o‘zaro bog‘liqligini dars jarayonida ulardan navbatma-navbat foydalanish orqali yo‘lga qo‘yish mumkin ekan. Biz bilamizki, darslik, kitoblar bilan ishlashda ko‘p tarqalgan ovoz chiqarib o‘qish usulidan foydalaniladi. O‘qituvchi bolalarga: -hozir navbat bilan ovoz chiqarib o‘qiysiz, shoshmay, xatosiz, jumlalarni oxirigacha to‘liq o‘qing; -har bir gapdan so‘ng biroz dam oling, so‘ng navbatdagi gapni o‘qing; -hamma o‘rtog‘ining o‘qishini eshitib, matnni xatcho‘p bilan kuzatib borishini ta’kidlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qishini kuzatib boradi va bolalar e’tiborini matn mazmunini uqib olishga qaratib, so‘ralsa darrov javob berishga tayyor bo‘lishlarini eslatadi. Bolalarni tutilib o‘qishdan, tutilib so‘zlashdan asrash, bunday hollarda ularga “Shoshilmang, chuqur nafas oling, keyin o‘qishni yoki so‘zlashni davom ettiring” -deb, yordam berib turish kerak. Maktabda o‘qituvchining, uyda esa ota-onalarning beg‘araz yordami o‘quvchiga kuch va ilhom bag‘ishlaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Zero, buyuk bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib quyidagi misralarni bejizga aytmagan: O‘quv qut beradi, Bilim sharaf-shon. Shu ikkovi tufayli, Ulug‘dir inson. Shunday ekan, o‘quvchi yoshlarni ma’naviyatini yanada yuksaltirishda, kitob bilan mutoala qilish qoidalariga o‘rgatishda hamkorlik pedagogikasi asosida ish olib borish talab etiladi. Bu talabni maktab jamoasi bilan oila birgalikda amalga oshirsa, o‘quvchi yoshlarimizning ma’naviyati va tafakkur doirasi anchagina yuskaladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. https://lex.uz. “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni. 2017 yil 8 sentabr. 2. Muhammadyorova. G. “Tinish belgilar-tanish belgilar” Bolalar uchun she’rlar. Toshkent. “O‘qituvchi” 2016 yil. 3. Meliboyev A., Ergasheva N. “Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish usullari” Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2019 yil. 4. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali. Toshkent, 2020 yil 1 son. 5. https://www.facebook.com/muallimedu/photos/kitob-ozi-nima? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling