Январь 2021 10-қисм
Тошкент
mumkinligidan iborat. Boshlangʻich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-
filmlarni qoʻllash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion
kartinkalardan foydalanish mumkin.
Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida
AKTdan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi,
koʻrgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar boʻyicha
taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qoʻshimcha axborotlardan foydalanish
mumkin.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri – ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish
salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini
anglash salohiyatini shakllantirishdan iborat.
Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, ushbu kursni boshlangʻich maktabda oʻrganish
oʻquv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir oʻquvchining
individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari oʻquvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda oʻqituvchining
imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda oʻquvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar,
oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, oʻqishga
oʻrgatish- zamonaviy boshlangʻich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. – T.: Xalqso‘zi, 2017
2. O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Barkamol avlod–
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori kitobi. – T.: 1997
3. Ziyomuhammedov B., Abdullayeva Sh. Pedagogika. – T.: 2000
108
Do'stlaringiz bilan baham: |