Toshkent 2022 mund ari ja


Xizmat ko ‘rsatish va davr xarajatlari hisobi


Download 216.13 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi216.13 Kb.
#1583820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XARAJATLAR VA DAROMADLARNIHISOBGA OLISH

Xizmat ko ‘rsatish va davr xarajatlari hisobi
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi umumlashtirish 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalgaoshiriladi. Korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadibo‘lgan faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda korxonaning balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlari, sport vamadaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.



Xo'jalik muomalalarining mazmuni

Schvotlarning
bogklanishi

Debet

Kredit

]

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaIiklarda foydalanilayotgan asosiy vositalaming cskirishi

2710

0210­
0299

2

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda band boMgan xodimlarga mchnat haqi toMash xarajatlari

2710

6710

3

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan yordamchi iishlab chiqarishga ko‘rsatilgan va ulaming is’tcmol qilgan xizmatlari qiymati

2710

2310

4

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlarining sotish va ma'muny xarajatlarga taqsimlanishi

9410,
9420

2710

5

Hisobot davri oxirida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi

9430

2710

6

Xizmat ko'rsatuvchi xo‘jaliklar chtiyojlari uchun matcriallaming sarflanishi

2710

1010­
1090

7

Mahsulot olish uchun hayvonlaming so‘yilishi

2710

1110,
1120

8

Kclgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat kolrsatuvchi xo‘jaliklaming mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borildi

2710

3110­
3190

9

Asosiy scxlar mahsulotlarining bir qismi xizmat ko‘rsatuvchi xo‘ialiklaming ehtiyoilari uchun ishlatildi

2710

2810

10

Mol etkazib bcruvchilardan xizmat ko‘rsatuvchi

2710

6010










xo‘jaliklarga kclib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bug\ cncrgiya va xokazolar) va xizmatlar







11

Xizmat ko‘rsatuvchi xo'jaliklarda sug‘urta bo‘yicha xarajatlar

2710

6510

12

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklaming xarajatlari bo'yicha maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar

2710

6520

13

Xizmat ko‘rsatuvchi xo'jaliklarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun turli korxonalarga bo4gan qarzlar

2710

6990

14

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklaming kapital qo‘yilmalami amalga oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi

0810­
0890

2710

15

Ilgari xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar chtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan matcriallaming qaytarilishi

1010­
1090

2710

16

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklaming xarajatlari o‘stirishdagi va bo‘rdoqiga boqilayotgan xayvonlarning tannarxiga kiritildi

1110,
1120

2710






Davr xarajatlari hisobi. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liqb bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, vaaksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi. Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport

  • vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;

  • savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;

  • mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash

  • xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);

  • ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

  • savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni

  • ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idishtovog‘i va anjomlarining eskirishi;

  • savdo reklamasi xarajatlari;

  • bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasinuning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqni debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
2.3. Korxonaning daromadi turlari
Daromadlar - bu subyektning xo‘jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqqi, foizlar, litsinziya to‘lovlari va devdentlar shaklida foyda keltiradigan faoliyat, ya'ni tovarlarning sotilishi va xizmatlarning ko‘rsatilishi yoki boshqa shaxslarning xo‘jalik subyektning resurslaridan foydalanishi natejasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiytlarning kamayishi orqali ro‘y beradigan iqtisodiy resurslarning ko‘payishidir. Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: 1. Ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga ko‘chirilgan qiymati; 2. Yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Barchamizga malumki raqobatdosh iqtisodiyotda tadbirkorlarning ko‘payishi manapoliyaga qarshi kurashning jadal suratlarda o‘sishiga sabab bo‘ladi. Tadbirkorlar foyda olish maqsadida yangidan yangi tovarlarni ishlab chiqarish yohud yaratishga intiladilar, bu esa kelajakda o‘zimizda import o‘rnini bosuvchi tovarlarni ko‘paytiribgina qolmay jaxon bozoriga chiqish va yurtimizni savdo sanoat bo‘yicha jaxonga tanitish imkoniyatini bersa ajabmas. Bunda bizdan talab qilinadigan narsa asosiy faoliyatimizni haqiqatdan ham talab yuqori bo‘lgan va bozorda tez sotiladigan umuman jaxon uchun eng kerakli va muhim hisoblangan
19
tovarlarni mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish bilan bog‘lashimiz zarur. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar yaratib qo‘yilgan. Asosiy (operatsion) faoliyat bu korxona tashkilotning odatdagi faoliyati hisoblanib u xo‘jalik yurituvchi subyektning doimiy faoliyat turi hisoblanadi va ushbu faoliyat yuzasidan olingan daromadlar asosiy (opiratsion) faoliyatdan olingan daromadlar deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 20 avgustda 41 son bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 avgustda 483-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan "O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti" 2-son BHMSda asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlarga quydagicha tarif berilgan: Xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlar operatsion faoliyatdan daromadlar sifatida izohlanadi.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi tushum summasidan sotilgan maxsulot tannarxi summasini chegirib tashlasa, maxsulot sotishdan yalpi foyda yoki yalpi zarar ko‘rsatkichi kelib chiqib mahsulotni uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan yuqoriroq narxda sotishi shart bo‘ladi. Olingan yalpi foyda hisobiga korxonaning operatsion xarajatlari ham, qoplanishi hisobga olinishi kerak. Shuni hisobga olgan xolda hisobotda asosiy faoliyatdan foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan yalpi tushum summasidan operatsion xarajatlar olib tashlanadi. Operatsion xarajatlar tarkibiga mahsulot sotish bilan bog‘liq xarajarlar, mamuriy va boshqa operatsion xarajatlar kiritiladi. Operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat natijalari yig‘indisi xo‘jalik yurituvchi subyektlar umum xo‘jlik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlar korxonaning ustavida belgilangan asosiy faoliyatidan olingan daromadlar tushuniladi. "Mahsulot (ish xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tartibi hamda molyaviy natejalarni shakillantirish tarkibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq
korxonalaming asosiy faoliyatidan olingan daromadlari, o‘z navbatida, quydagi guruhlarga ajratiladi: Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq faoliyatdan olingan daromadlar va favqulotda daromadlarga bo‘linadi. moliyaviy Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qog‘ozlar, kiredet va qarzlarni berishdan, valuta operatsiyalaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga dividentlar,royalty, foizlar va ijobiy kurs farqlari ko‘rinishidagi daromadlar kiradi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, inovatsiya jarayonlarini jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy faoliyat daromadlarini samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Islohatlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, uni moderinzatsiyalash asosida subyektlarning daromad topishi imkoniyatlarini yanada asosiy vazifa qilib belgilandi. Chunki bozor munosabatlari iqtisodiy manfatlarga tayanib, unga daromad topish, foyda ko‘rish orqali erishiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishini taminlash va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishning muxim shartlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadga erishishi uchun esa, eng avvalo iqtisodiyotning barcha sohalarida shuningdek, xo‘jalik yurituvchi cubektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromad manbalarini kengaytirish, rivojlantirish zarur bo‘ladi. Asosiy faoliyatdan olingan daromad (foyda), bu maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda bilan davir xarajatlari orasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan ko‘rilggan boshqa daromadlarni qo‘shish yoki boshqa zararlarni ayirish orqali aniqlanadi:
AFF = YAF-DX+BD-BZ
Bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davir xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliatdan ko‘rilgan boshqa zararlar
Mahsulot kontsepsiyasi daromadni xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining natijasi sifatida qaraydi, boshqacha aytganda daromad ma'lum vaqt oralig‘ida mahsulot, tovar va xizmatlarni yaratilgan jarayondir, lekin bunday tarif daromadni tan olish vaqtini ham, uning miqdorini ham aniqlab bermaydi. Biroq, bu kontsepsiyadan muhim bir jihat kelib chiqadi, daromad ishlab topilmagunga qadar tan olinmaydi. Shunday qilib, ushbu kontsepsiya daromadlar tarkibida olingan bunaklar (avanslar), qo‘shishni man etadi. Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi ishlab chiqarilgan Tovar yoki xizmatlarga berilishiga asoslanadi. Daromadlarni tan olishni tadqiq qilishda, ya'ni realizatsiya qilish vaqti deb, qachon yangi qiymat (tushum) tannarxni o‘zgartirsa, quydagi uchta variant kelib chiqadi: -yoki pul mablag‘larining olinishi, yani oldindan to‘lash; -yoki mahsulotlarni ortib junatilishi; -yoki mahsulotlarni omborga topshirilishi. Hisobdan chiqarish kontsepsiyasi mahsulot va xizmatlarga egalik qilish huquqi xaridorga o‘tmas ekan daromad tan olmaslikni tamnlaydi. Biroq, bu kontsepsiyaning kamchiligi maxsulot yoki xizmatlarni yitkazib bergunga qadar tan olinish man qilinadi. O‘sish kontsepsiyasi mahsulot yoki xizmatlarni yitkazib berish natijasida aktivlarning oqimi yoki majburiyatlarning kamayishi (yoki ularning kambinatsiyasi)ni daromad deb tan oladi. Bu kontsepsiyaning kamchiligi mavjud, bunda daromadni baholash va vaqt bilan bog‘liqligi aralashib ketadi. Italiyalik bugalter Djino Dzappa (1879-1960) "... korxona daromadlari ayon xarajatlar esa shubhali deb etirof etgan. Firma kapitalining qiymati uning daromadiga bog‘liq deb hisoblagan."15 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy manfaati daromadda mujassamlanadi. V.M. Raimova va I.A. Fedatova ushbu tushunchani quydagicha tahlil etadilar:-" Korxonadadaromadlarning xarajatlardan barqaror ustunligining o‘ziga xos ko‘zgusi moliyaviy barqarorlikdir. U moliyaviy resurslarning shunday holatini aks ettiradiki, bunda korxona pul mablag‘larini bemalol va oqilona ishlatib, ulardan samarali foydalansh yo‘li bilan ishlab chiqarish va maxsulotni sotish uzluksizligini taminlay oladi". Korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligi esa pul mablag‘larining shunday harakatiki, u birinchi galda daromadlarning kelib tushishi ularni sarflashdan doimo ustun bo‘lishini taminlashi lozim. Shuningdek, uni kengaytirish va yangilash xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor, mahsulot (ish, xizmatlar)ni sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, xo‘jalik mexanizimini va faoliyatning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish mexanizimini takomillashtirish uchun kundalik ichki xo‘jalik nazoratini hamda alohida jarayonlarning ekspertezasini olib boorish talab etiladi. Daromad tushunchasi haqida respublikamizning bir qator professor olimlari o‘z fikir va muloxazalarini etirof etgan masalan: A.A. KArimov "Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarni qatnashchlarning kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir" 17. deb ta'rif berib o‘tgan. A.K. Ibragimov era daromadlar mazmunini quydagicha izohlagan: "daromad korxona aktivlaridan foydalanish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga vkorxonaga kelib tushgan tushumdir. Daromadlar korxonada ushbu jarayonlar bilan bog‘liq malum turdagi xarajatlarni vujudga keltiradi" diya takidlab o‘tganlar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari hisobini yuritishda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi BHMS No2-sonli "asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar" bilan tartibga solinadi. Milliy standartga asosan asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati daromadi vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi". Demak asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uning schyotiga kelib tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib olinadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib tushadigan va xususiy kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar summasi asosiy xo‘jalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Tovarlarni realizatsiya qilishdan va xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromad subyektlar o‘rtasida shartnomada ko‘zda tutilgan sotish narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib chiqadigan daromad summasi olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari summasidan subyektga o‘tib beriladigan savdo chegirmalari summasi yoki narxlarni tushirish xajmini hisobga olgan holda qiymat bo‘yicha o‘lchanadi. Biroq agar pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlarining tushumi kechiktiriladigan bo‘lsa, bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf qiymati olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan qiymat pul mablag‘larining nominal miqdoridan kam bo‘lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘da to‘langan mablag‘ning joriy narxdagi qiymati muqobillashgan foiz stavkasini qo‘llagan holda hisoblagan kelgusidagi barcha tushumlarni diskontlash yo‘li bilan aniqlanadi. Sotish qiymati va olinadigan qoplama (kompensatsiya)ning nominal qiymati o‘rtasidagi farq summasi No2 BHMSning 20 va 21 - bandlariga muvofiq foiz ko‘rinishidagi daromad sifatida tan olinadi. Tayyor mahsulotlar, tovarlarning qaytarilishi, sotish axborotlar narxlaridan chegirmalar to‘g‘risidagi 9000 "asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi" schyotlarda aks ettiriladi. Shuningdek, sotilgan olingan 9010, 9020, va 9030- schyotlar transit schyotlar hisoblanadi, ko‘payishi kridetida, kamayishi debitida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030 schyotlar summasini korrekterovka qilib turadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladilar (9010, 9020, 9030, 9040, 9050) schyotlar bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulot (Tovar), bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgqan daromadni hisobga olishda
daromadni tan olish vaqtini aniqlash asosiy xo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan daromad xo‘jalik subyektiga kelgusida iqtisodiy manfaat kelish imkoniyati mavjud vaqtda aks etadi, shu bilan birga ushbu manfaat ishonchli va aniq o‘lchanadigan bo‘lishi lozim. Misol:
"GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJda ushbu schyotlarda sotilgan mahsulotlar va tovarlardan olingan daromadlar qayd qilib boradilar:
Dt - 4000 “Olinadigan schyot(to‘lov)lar hisobga oluvchi schyotlar”
Kt- 9000 “Olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar”

Download 216.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling