Toshkent-2022 mundarija кirish
Таdqiqotning ilmiy yangiligi
Download 1.55 Mb.
|
MAGISTRATURA-sayyod 2022 (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llanilgan uslubning qisqacha tavsifi
- Ish tuzilmasining tavsifi.
- I.BOB. Adabiyotlar sharhi 1.1.Tuproqning neft bilan ifloslanishi 1.1.1.Neft va neft maxsulotlarining tuproq xossalariga ta’siri
Таdqiqotning ilmiy yangiligi: Тuproqdagi neft va neft maxsulotlarini bartaraf etishda biologik usulni qo’llash. Yangi biopreparatni O’zbekiston sharoitida sinovdan o’tkazish.
Таdqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi: bitiruv malakaviy ishining adabiyotlar sharhi qismida tuproqning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish darajasi va undagi o’zgarishlar, neft bilan ifloslanish oqibatida kelib chiqadigan oqibatlar buni bartaraf etish bo’yicha dunyoda olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarni ko’pchiligi oxirgi yillarda e’lon qilingan ilmiy ish tahlillaridan foydalanilgan. Adabiyotlar sharhini shakllantirishda foydalanilgan adabiyotlar katta qismi rivojlangan davlatlarda chop etilgan ilmiy jurnallardir. Qo’llanilgan uslubning qisqacha tavsifi: Tuproqning neft bilan ifloslangan qismini biopreparat bilan tozalash va undagi jarayonlarni xromotografiya tahlili va o’simlikning rivojlanishi orqali tekshirish va boshqa turli usullardan foydalanish. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu tadqiqot ishi neft sanoati uchun muhim sanaladi. Tuproq tarkibidagi neft va neft maxsulotlarini barataraf etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Sinov tariqasida qilinayotgan bu biopreparat O’zbekiston sharoitida ilk marotaba amalga oshirilmoqda. Tadqiqot amaliy jihatdan samarali natija beradi, agar ushbu biopreparat qo’llaniladigan bo’lsa iqtisodiy samaradorlikga ham erishamiz. Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi asosiy qismi uch qismdan iborat: adabiyotlar sharhi, olingan natijalar va ularning tahlili hamda tajriba qismi. Ish kompyuterda terilgan 85 betdan iborat. Ishda 8 ta jadval vа 10 ta rasm mavjud. Ishda 101 ta ilmiy-adabiy ma’lumotlardan foydalanilgan. I.BOB. Adabiyotlar sharhi 1.1.Tuproqning neft bilan ifloslanishi 1.1.1.Neft va neft maxsulotlarining tuproq xossalariga ta’siri Tuproq tirik tabiiy murakkab tana bо‘lib, bunda tinimsiz ravishda biologik va kimyoviy jarayonlar kechadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar hududning iklimiy, gidrologik, ekologik sharoiti, biologik dunyosi va tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalariga uzviy bog‘liq tarzda turlicha kechadi. Tuproqga doimiy ravishda tabiiy va antropogen omillar о‘zining ta’sirini о‘tkazadi, buning oqibatida esa tuproqning xossa hususiyatlari о‘zgaradi. Neftning to'kilishi uni ishlab chiqarish, tashish va saqlash jarayonida ham, texnologik jarayonlarda qayta ishlash va foydalanish paytida ham sodir bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, neftning ifloslanishining sabablari ko'pincha uskunaning jismoniy aşınması yoki uning mexanik shikastlanishi hisoblanadi. Neft va neft mahsulotlarining tasodifiy to'kilishi soni bo'yicha etakchi o'rinlarni magistral va kon ichidagi mahsulot quvurlari egallaydi. Bu yerdagi favqulodda vaziyatlarning aksariyati asbob-uskunalarning korroziyasi va sifatsiz qurilish-montaj ishlari bilan bog'liq bo'lsa, faqat kichik qismi - zavoddagi nuqsonlar va operatsion xatolar bilan bog'liq. Hususan, neft uglevodorodlari tabiiy muhit va tuproq qoplamining ifloslovchi asosiy moddalar qatoriga kiradi. Uning kimyoviy ta’siri tuproqning morfologik, fizik, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy, mikrobiologik, biokimyoviy va biologik xossalarini о‘zgartiradi, natijada tuproq unumdorligining pasayishi kuzatiladi. Qolaversa tuproqdagi organik moddalarning minerallanish jarayoniga, umumiy va guruhiy mikroorganizmlarning xilma-xilligiga, ularning miqdorining kamayishiga, fermentlar (katalaza, invertaza, polifenoloksidaza, oksidaza, proteaza, fosfataza, degidrogenaza) faolligining susayishiga, tuproqning nafas olishi va morfologik belgilarining о‘zgarishiga ta’sir etadi. Ekosistemaning neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi ekologik muammolardan tashqari geoekologgas muammoga ham sabab bо‘lib, litosferaning yuqori qismi va suv .tо‘planuvchi qatlamiga singib bir qator holatlar yuzaga kelishi mumkin.Gidrogeologiya instituti tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududining yer osti sizot suvlari ustida katta miqdorda neft va neft mahsulotlari tо‘plangan va tuproq qatlamlaridan yer ostiga qarab sizib о‘tgan. Ifloslanishning kengayishi boshqa hudud tuproqlarining ham ifloslanishiga olib kelgan.Tuproqda uglevodorodlarning 5gr/100gr tuproqda uchrashi unda kechuvchi nitrifikatsiya jarayonining bir necha bor sekinlashishiga va mikroorganizmlarning keskin kamayishiga olib keladi. Tuproqning eng noziq qismi hisoblangan biologik dunyosi ifloslanish natijasida sezilarli zarar kо‘radi. Ayniqsa umumiy mikroorganizmlar, geterotrof, uglevodorodoksidlovchi, denitrifikator, nitrifikator bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, mayda hashoratlar va о‘simliklar zaharli kimyoviy ta’sirga nisbatan chidamsiz hisoblanadi.Respublikamiz sug‘oriladigan tuproqlarining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, tuproq xossalarini о‘zgarishini о‘rganish va uning rekultivatsiyasi bо‘yicha T.Abdraxmonov, L.Tursunov, A.Vaxobov, U.Jurayeva, Z.Jabbarov va E.Xushvaqtovlar 2006-2008 yillarga mо‘ljallangan DITD-7 yо‘nalishidagi rо‘yxat raqami A-7-070 «Sug‘oriladigan tuproqlarning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish holati va uni tozalashning biologik asoslari» mavzusida amaliy loyixasi (amaliy granti) doirasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Tadqiqotchilar ifloslangan hudud tuproqlarining mikrobiologik olamini о‘rganishlariga kо‘ra mikroorganizmlar neft miqdori va fasllar bо‘yicha turlicha miqdorda uchrashi aniqlangan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling