Toshkent-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet


Yirik banklar faollik reytingi.[10]


Download 0.63 Mb.
bet22/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1563520
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
Hakimova Dildora МД (диссертация Word) 1

Yirik banklar faollik reytingi.[10] 17 ta yirik banklar orasida Kapital bank hamon yetakchi bo‘lib, o‘z o‘rnini 2020 yil 2-chorakdan beri saqlab turibdi. Xususan, bankning muddatli depozitlari hajmi o‘tgan chorakga nisbatan 27,1% ga oshdi va 5,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Muddatli depozitlarning kreditlarning umumiy miqdoriga nisbati 90% ga yetdi (bank tizimi – 24%). Boshqa banklar va moliya tashkilotlaridan olingan depozitlar va kreditlarining umumiy majburiyatlaridagi ulushi 4,2% ni, Moliya vazirligidan olingan mablag‘larning ulushi esa 5,5% ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar Kapital bank aholi va biznes vakillari bilan faol ish olib borayotganidan dalolat bermoqda.
Hamkorbank ham o‘z o‘rnini saqlab qoldi va umumiy reytingda 2-o‘rinni egallashda davom etmoqda. Mazkur bank moliyaviy ommaboplik, aktivlar sifati va daromad olish salohiyati bo‘yicha yuqori natijalarga erishdi. Xususan, muddatli depozitlari hajmi 21,6% ga oshdi va 2,6 trln. so‘mni tashkil etdi. Bankning bitta filialiga to‘g‘ri keluvchi kredit olgan yuridik shaxslar soni 424 taga, jismoniy shaxslar soni 4716 kishiga yetdi. Jami daromadlarining aktivlariga nisbati 19,2% ni tashkil etdi (bank tizimi – 10,5%). Muammoli kreditlari ulushi 2,1% gacha (bank tizimi – 6%) kamayib, 184,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Trastbank daromad olish salohiyati va likvidlilik bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolgan holda, eng faol banklar uchligini yopadi.
Davlat ulushiga ega bo‘lgan yirik banklar orasida Xalq banki yil boshidan beri moliyaviy vositachilik bo‘yicha 5-o‘rinni egallab turganiga qaramay, 3 pog‘ona pastlab, umumiy reytingda 14-o‘ringa tushdi. Bunga asosiy sabab bank aktivlari sifati (17-o‘rin), boshqaruv samaradorligi (17-o‘rin) va daromad olish salohiyati (13-o‘rin) ko‘rsatkichlarining nisbiy yomonlashuvi bo‘ldi.
Davlat ulushiga ega bo‘lgan yana bir bank – Aloqa bank umumiy reytingda 1 pog‘ona yo‘qotib, 7-o‘rindan joy oldi. Bunga asosan bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushining 6,3% gacha oshgani sabab bo‘ldi.
Mazkur chorakda Agrobank va Turon bank tez o‘sish sur’atlarini namoyon etishdi. Ushbu banklarning har biri o‘z pozitsiyalarini 3 pog‘onaga yaxshilashdi. Bu tahlil quyidagi jadvalda berilgan:


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling