ΙΙ Bob bo’yicha xulosa
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi 3 ta paragrafdan iborat bo’lib, uning 2.1-paragrafi korrelyatsion tahlilga bag’ishlangan. Unda omillar orasidagi bog’lanishlar turlari keltirilgan. 2.2- paragrafida regression model tahlili keltirilgan. Unda regression tahlil asoslari hamda bashorat modelini qurishda regression tahlilni o’rni keltirilgan. 2.3- paragrafida model asosida bashorat va xulosalar keltirilgan bo’lib, bashorat qilishda tanlangan model asosida ishonch va bashorat intervallari asos bo’lgan. Bunda bashorat qiymati regression modelga ta’sir o’tkazuvchi omillarning o’rtacha qiymati asosida qurilgan.
ΙΙΙ bob. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklar faoliyati samaradorligining regression modeli
3.1. Tahlil uchun statistik ma’lumotlar bazasi
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklar faoliyati samaradorligi bo’yicha statistikasi o’rganib chiqildi. Shunga ko’ra 2021 yil III chorak uchun O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi.[10] O‘tgan chorakdagi reyting yetakchilari o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi va “Kapital bank”, “Hamkor bank” va “Trast bank” eng faol banklar uchligini boshqarishda davom etmoqda. “Agrobank” va “Turon bank” tez o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi, “Xalq banki” va “Asaka bank” kabi ayrim banklarning reytingdagi pozitsiyalari biroz yomonlashdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan O‘zbekistondagi 31 tijorat banklari uchun “Banklar faollik indeksi” ishlab chiqilgan. Markaz mazkur indeksga asosan har chorakda banklar reytingini yangilab bormoqda.
Ushbu tadqiqot bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushining o‘zgarishini monitoring qilib borish, shuningdek mamlakatimiz bank tizimida islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasiga asosan, Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilish bank, Asaka bank, Aloqa bank, Qishloq qurilish bank va Turon bankdagi davlat ulushini bosqichma-bosqich xususiylashtirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda, banklar faoliyatini transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda davlat aksiyalar paketini sotish ko‘zda tutilgan.
Yirik davlat banklari xususiylashtirilgandan so‘ng, moliyaviy xizmatlar bozorida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi, natijada yangi xizmatlar va raqobatning yanada kuchayishi kutilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Agrobank va Mikrokredit bankning ustav kapitalida davlat ulushi saqlab qolinadi. 2021 yil 1 sentyabr holatiga bank tizimi aktivlari hajmi 403,8 trln. so‘mni (2020 yil 1 sentyabrga nisbatan o‘sish – 22,5%), majburiyatlari 339,3 trln. so‘mni (o‘sish – 24%), jami kapitali – 64,5 trln. so‘mni (o‘sish – 15,2%) tashkil etdi. Bugungi kunda bank tizimida 57 mingdan ortiq kishi faoliyat olib bormoqda.
Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga ajratilgan – yirik banklar va kichik banklar. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida tuzilgan. Bunda, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida yoki faqat bitta hududda faoliyat yurituvchi banklar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |