ΙΙΙ Bob bo’yicha xulosa
Dissertatsiya ishining uchinchi bobi 3 ta paragrafdan iborat bo’lib, uning 3.1-paragrafi tahlil uchun statistik ma’lumotlar bazasiga bag’ishlangan. Unda O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari reytingi hamda tahlil uchun banklar faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi statistik ma’lumotlar bazasi keltirilgan. 3.2- paragrafida regression model qurish va uning tahlili keltirilgan. Unda bank faoliyati samaradorligiga ta’sir o’tkazuvchi ko’rsatkichlar asosida regression tahlil o’tkazib, tahlil natijasida qurilgan regression bashorat modeli keltirilgan. 3.3- paragrafida model asosida bashorat qilish keltirilgan. Bunda regression modelga ta’sir o’tkazuvchi omillarning o’rtacha qiymati asosida ishonch va bashorat intervallari keltirilgan.
Xulosa
Magistrlik dissertatsiyasi matematik statistika va amaliy statistikaning muhim masalalaridan biri bo’lgan banklarning faoliyat samaradorligini baholash modellariga bag’ishlangan. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: 3 ta bob, 9 ta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida bank faoliyati samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar, DEA - metodining nazariy asoslari hamda bank samaradorligi tahlilida o’rganilgan regression modellar keltirilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida korrelyatsion va regression model tahlilining nazariy asoslari o’rganilgan bo’lib, tahlil asosida qurilgan modelning o’rtacha qiymatlari uchun ishonch va bashorat intervallarini qurish masalalari o’rganilgan.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy uchinchi bobida esa O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan tijorat banklarining samaradorlik ko’rsatkichlarining statistik bazasi keltirilgan. Bu statistik ko’rsatkichlar asosida banklar sof foydalarining qaysi omillarga bog’liqligini aniqlash uchun regression model qurilgan va uning asosli ekanligi tahlil qilingan. Tahlil natijasiga qarab qurilgan model asosida bashorat qilib, bu regression model banklar faoliyati samaradorligini baholash uchun asosligi ekanligi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |