Toshkent 2022 Reja: Linux operatsion tizimi buyruqlari
Download 364.48 Kb.
|
Muhayyo2linux
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy history
Tarmoq
ifconfig – Tarmoq interfeyslari haqida to‘liq ma’lumotni bilishda, unga IP manzil va niqob belgilashda va interfeysni o‘chirib/yoqishda ishlatiladi. ping – Tarmoq ishlashini tekshirishda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi boshqa kompyuterning IP-manziliga ping berib uni tarmog‘i ishlayotganini tekshirish uchun ishlatish mumkin. netstat – Serverdagi tarmoq ulanishlarini ko‘rsatib beradi. Bu buyruqni netstat -tunap kaltilari bilan ishlataman. Shunda, protokol nomi, lokal IP-manzil va port, tashqi IP-manzil va port, ulanish holati hamda shu ulanishni tashkil etgan dastur jarayoni ID-raqami va nomi ko‘rsatiladi. Juda qulay. nslookup – Ko‘rsatilgan DNS nom qanday IP-manzilga bog‘liqligini aniqlab beradi. wget – konsoldan turib internetdan fayl yuklab olish imkonini beradi. Ayniqsa serverlarda grafik interfeys o‘rnatilmaganligi sababli, wget buyrug‘i yordamida internetdan masalan, rpm-paketlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish mumkin. Umumiy history – Serverda oxirgi berilgan buyruqlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. make – Dasturni kodidan kompilyatsiya qilish vaqtida, yoqiluvchi faylni tuzish uchun ishlatiladi. ps – Serverda ishlab turgan jarayonlar ro‘yxatini (jarayon ID-raqami, qaysi TTY da ishlayotgani, qancha vaqtdan beri ishlayotgani, buyrug‘i va boshqa ma’lumotlarni) ko‘rsatadi. man – ko‘rsatilgan buyruq bo‘yicha yordam beruvchi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Masalan, man who deb yozsangiz, who buyrug‘i haqida to‘liq ma’lumot beradi. df – Serverdagi disklarni fayl tizimi, hajmi, qancha ishlatilgani va qolgani, qayerga “montirovat” qilinganligi kabi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. df -h deb yozilsa, hajm haqidagi ma’lumotlar inson tushunadigan formatda ko‘rsatiladi. who – Serverga ulangan foydalanuvchilar ro‘yxatini ko‘rsatadi. w – Yuqoridagi buyruqqa o‘xshab, serverga ulangan foydalanuvchilarni nomini, tty ni, qaysi IP-manzildan ulanganini, qachon ulanganini, qanday dastur bilan ishlayotganini va ba’zi boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Download 364.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling