Toshkent 2022 Reja: Linux operatsion tizimi buyruqlari


/tmp Vaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Windows operastion tizimidagi C


Download 364.46 Kb.
bet7/10
Sana28.12.2022
Hajmi364.46 Kb.
#1010898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Linux22Sh

/tmp

Vaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Windows operastion tizimidagi C disk ichidagi Windows katalogidagi TEMP katalogi bilan bir xil. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini o’qishi va katalogga yozishi mumkin.

Linux operatsion tizimiga dastur o’rnatish usullari


Linux operatsion tizimida dasturlarni o’rnatishning 3 xil usuli mavjud:

  • Source kod orqali;

  • Paket orqali;

  • Repozitoriya orqali.

Source kod orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:


+ Dastur kodini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Misol uchun sizda Java tilida yozilgan dastur bo’lsa uni o’zgartirib uni kompilatsiya qilish imkoniyati mavjud.
+ Administrator huquqisiz tizimga o’rnatish mumkin. Home katalogiga kompilyatsiya qilish orqali dasturni ishlatish mumkin.
– Kerakli bo’lgan kutubxonalarni qidirib topish juda uzoq vaqt talab qiladi. Zarur kutubxonani aniqlash zarur, keyin uni qidirib topib dastur ishlashi uchun uni bog’lash zarur. Bu source kodni mashin kodga o’tkazib chiqish orqali amalga oshiriladi.
– Dasturni o’rnatishni boshqarish mavjud emas. Dastur tarkibida nimalar o’rnatilganligini qanday ishlar amalga oshirilganligini bilish imkoniyati yo’q.

Paket orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:


+ Paket bu kompilatsiya bo’lgan barcha zarur kutubxonalari joylangan arxivdir. Buni o’rnatish jarayoni arxiv ochiladi va kerakli kataloglarga fayllar joylanadi.
+ Dastur o’rnatishni boshqarish moduli mavjud. Package manager orqali qanday versiya o’rnatilgan, qanday modullardan tashkil topgan va hokozo ma’lumotlarni boshqarish mumkin.
– O’rnatish uchun administrator huquqi talab qilinadi.
– Paket bu aniq operatsion tizim distrubitivi uchun yaratiladi.

Repositoriya orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:


Repostory bu joy bo’lib, u yerda dastur uchun zarur barcha ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi va tarmoq orqali unga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi.

  • AppStore (Apple)

  • Play Market (Google)

  • Market (Microsoft)

+ Kerakli barcha kutubxonalarga bog’lanishlar mavjud;
+ Dasturni o’rnatish boshqaruvi mavjud;
+ Qoidalar to’plami bo’lib, barcha jarayonlar repositoriya orqali avtomatik amalga oshiriladi.
Tavsiya qilinadigan variati bu – paket orqali o’rnatish bo’lib, unda versiyasi qanday modullar mavjudligini ko’rish mumkin. Agarda mavjud operatsion tizim uchun paket fayli mavjud bo’lsa, uni yuklab olib o’rnatgan ma’qul hisoblanadi.
Lekin ideal datur o’rnatish usuli bu – repositoriya orqalidir.

Download 364.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling