Toshkent-2023 G’aznachilik bo’linmalari funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini


Download 91.06 Kb.
bet5/9
Sana28.02.2023
Hajmi91.06 Kb.
#1235965
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saydullayev Berdimurod Moliya

Hisobchi
CHinoz g‘aznachilik bo‘linmalari xodimlarining ishga kelib ketish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib asosida rasmiylashtirilgan tabellarini olish.
G’aznachilik oylik ish haqi, choraklik, yillik mukofot va moddiy rag‘batlantirish pullarini hamda safar harajatlarini taqdim etilgan birlamchi hujjatlar asosida hisoblash.
Chinoz tumani bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 15 mayda 1031 - son bilan ro‘yxatga olingan “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan xodimlarning arizasiga asosan to‘lovlarini kommunal xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga o‘tkazib berish.
Boshqarmaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini hamda tegishli to‘lov topshiriqnomalarni g‘aznachilik boshqarmasiga taqdim etish.
Chinoz tumani bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi va tuman, shahar g‘aznachilik bulinmalaridagi asosiy hamda arzon va tez eskiruvchi vositalarning hisobini olib borish hamda eskirishini hisoblab borish.
G‘aznachilik boshqarmasining shtat va smeta harajatlarini tuzish hamda g‘aznachilik boshqarmasi apparatining choraklik va yillik hisobotlarini belgilangan muddatda Moliya vazirligiga taqdim qilish.
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘yicha talabnoma, hisobot, taqqoslash dalolatnomalarini tuzish va shahar budjetdan tashqari pensiya bo‘limiga topshirish, xodimlarining talabiga ko‘ra ularning ish xaqi va ushlanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tuzish va ularga taqdim qilish.
Xodimlarning daromad solig‘idan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi uchun ushlangan mablag‘lar reestrini tuzish va bankga topshirish.
Ish haqidan ushlangan ajratmalar yuzasidan Soliq qo‘mitasi va Statistika boshqarmasiga choraklik va yillik hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
Viloyat g‘aznachilik boshqarmasiga tegishli memorial orderlarni ijro uchun taqdim etish.
Viloyat g‘aznachilik boshqarmasi rahbariyati tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash.
ish beruvchi tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
O‘zining funksional majburiyatlarini bajarish.
Ichki mehnat qoidalariga va mehnat intizomiga rioya etish

Download 91.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling