Toshkent-2023 G’aznachilik bo’linmalari funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini


G‘aznachilik operatsiyalarini monitoring qilish bo‘limi


Download 91.06 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi91.06 Kb.
#1235965
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saydullayev Berdimurod Moliya

G‘aznachilik operatsiyalarini monitoring qilish bo‘limi.
Bevosita bo‘limni boshqarishni amalga oshiradi, Bo‘lim xodimlarining ishlarini tashkil qiladi va bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishiga, ijro etish intizomining holatiga javobgar bo‘ladi, Bo‘limda zarur bo‘lgan o‘zaro almashinuvchanlikni va mehnat intizomini ta’minlaydi;
Bo‘lim xodimlarining o‘rtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi;
Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida rasmiy ish yuritish masalalari bo‘yicha bo‘limning ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Bo‘lim ishini takomillashtirish, mutaxassislarning ish va kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
Bo‘lim xodimlarini bo‘sh lavozimlarga tayinlash va egallab turgan lavozimlarinan ozod etish, shuningdek ishda o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish va amaldagi qonunchilikga muvofiq ishdagi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risida G‘aznachilikning hududiy boshqarmasi rahbariyatiga takliflar kiritadi;
doimiy ravishda hujjatli va kameral tekshiruvlar o‘tkazish, shuningdek g‘aznachilikning hududiy bulinmalarida monitoringlarni amalga oshirish;
tekshiruvlar (monitoring, nazorat va tahlillar) natijasi bo‘yicha g‘aznachilikning hududiy boshqarmasi rahbariyatiga tegishli xulosa, taqdimnoma va tavsiyalarni tayyorlash, shuningdek amaliy yordam ko‘rsatish;
G‘aznachilik operatsiyalarini amalga orishilishining kunlik monitoringi jarayonida xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘iga aniqlik kiritish va bartaraf etish maqsadida ma’lumot kiritadi;
Dasturiy majmuada yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni belgilangan tartibga muvofiq to‘g‘rilash;
Davlat budjetining g‘azna ijrosi jarayonini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va g‘aznachilikning hududiy boshqarmasi rahbariyatiga taqdim qiladi;
Davlat budjetining g‘azna ijrosida g‘aznachilik operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek bo‘lim vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolarning, yuridik shaxslarning, moliya va g‘aznachilik organlarining xatlari, takliflari, arizalari va murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligi va g‘aznachilikning hududiy boshqarmasi rahbariyatining boshqa topshiriqlari va ko‘rsatmalarining bajarilishini
ta’minlaydi;
qonunchilikga muvofiq, bo‘lim ish faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni hal qiladi.
ish beruvchi tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, o‘zining funksional majburiyatlarini bajarish. Ichki mehnat qoidalariga va mehnat intizomiga rioya etish.

Download 91.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling