Toshkent-2023 G’aznachilik bo’linmalari funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumotlari
Download 91.06 Kb.
|
Saydullayev Berdimurod Moliya
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi Chinoz tumani Gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan joriy yilning 15-dekabr sanasigacha jami boʻlib 2 055ta umumiy summasi 43 278 531.0ming soʻm(shundan byudjet mablagʻlari xisobidan 1 460ta 29 119 422.0ming soʻm) byudjet tashkilotlari hamda byudjetdan mablagʻ oluvchilar bilan “Maxsulot yetkazib beruvchilar” va “Ish va xizmat koʻrsatuvchilar” oʻrtasida byudjet tashkilotlarining byudjet mablagʻlari hamda byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda majburiy tartibda Moliya vazirligining “DMBAT” dasturida roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda shular asosida “Davlat xaridlari” amalga oshirilgan. Shu jumladan ushbu shartnomalarni byudjet darajasiga koʻra taqsimlanishi quyidagicha: 1. Respulika byudjetidan jami 96ta 755 825.7ming soʻm(shundan byudjet mablagʻlari hisobidan 66ta 381 988.6ming soʻm). 2. Viloyat byudjetidan 283ta 4 051303.4ming soʻm(shundan byudjet mablagʻlari hisobidan 269ta 3 979 928.0ming soʻm). 3. Maxalliy byudjetdan 1 676ta 38 471 401.6ming soʻm(shundan byudjet mablagʻlari hisobidan 1125ta 24 757 505.6ming soʻm) shartnomalarni tashkil qiladi. Shundan toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga olish boʻyicha taxliliy maʼlumot jadval koʻrinishida taqdim etiladi. Qolgan 1264ta 23 588 674.6ming soʻmlik shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali: sayti orqali oʻtkazilgan elektron savdolar natijasiga koʻra rasmiylashtirilgan va DMBAT dasturida avtomat tarzda shakillangan elektron tiket shartnomalari orqali belgilangan tartib tamoili asnosida roʻyxatdan oʻtkazilgan. T/R Shartnoma maqsadi va manbasi Shartnoma miqdori Shartnoma summasi 1 Oziq-ovqat uchun 199ta 11 976 171.0 2 Dori-darmon va tibbiy buyumlar uchun 386ta 2 273 599.3 3 Yagona yetkazib beruvchilar bilan 145ta 4 360 825.5 4 Zaxira jamgʻarmasi hisobidan 61ta 1 079 260.6 Jami: 791ta 19 689 856.4 Yuqoridagi maʼluumotlarga asoslangan holda tuman Gʻaznachilik boʻlinmasida 2022-yil 15-dekabr sanasiga qadar roʻyxatga olingan shartnomalarni amaldagi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-apreldagi 684-sonli “Davlat xaridlari toʻgʻriisida”gi Qonuniga hamda boshqa qonun osti xujjatlari tartib qoidalari talablariga asoslangan holda roʻyxatdan oʻtkazilishini tanlanma tartibda oʻrganilganda quyidagilar aniqlandi: 1.Chinoz tumani tibbiyot birlashmasi bilan tuman “Toza xudud” DUK oʻrtasida 2022-yil 27-yanvardagi №000198-sonli 14 999.3ming soʻmga tuzilgan shartnoma Gʻaznachilikning “DMBAT” dasturida №67-son bilan 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu shartnomani byudjet tashkiloti masʼul xodimi tomonidan “UzAsbo” dasturidan “DMBAT” dasturiga yuborish jarayonida tanlanishi zarur boʻlgan “asnovaniye” modulida xatolikka yoʻl qoʻyilgan holatda joʻnatilgan boʻlsada Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimi tomonidan shartnoma roʻyxatga olingan. 2.Chinoz tumani Xalq taʼlimi(maktablar) bilan tuman “Toza xudud” DUK oʻrtasida 2022-yil 25-yanvardagi № 002178-sonli 45 392.2ming soʻmga tuzilgan shartnoma Gʻaznachilikning “DMBAT” dasturida №88-son bilan 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu shartnomani byudjet tashkiloti masʼul xodimi tomonidan “UzAsbo” dasturidan “DMBAT” dasturiga yuborish jarayonida tanlanishi zarur boʻlgan “asnovaniye” modulida xatolikka yoʻl qoʻyilgan holatda joʻnatilgan boʻlsada Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimi tomonidan shartnoma roʻyxatga olingan. 3. Chinoz tumani Xalq taʼlimi aparati bilan tuman “Toza xudud” DUK oʻrtasida 2022-yil 25-yanvardagi № 000180-sonli 255.8ming soʻmga tuzilgan shartnoma Gʻaznachilikning “DMBAT” dasturida №89-son bilan 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu shartnomani byudjet tashkiloti masʼul xodimi tomonidan “UzAsbo” dasturidan “DMBAT” dasturiga yuborish jarayonida tanlanishi zarur boʻlgan “asnovaniye” modulida xatolikka yoʻl qoʻyilgan holatda joʻnatilgan boʻlsada Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimi tomonidan shartnoma roʻyxatga olingan. 4.Tuman xokimligi bilan Toshkent shaxar “OʻTKIR MEDIA PLYUS” MCHJ oʻrtasida 2022-yil 15-yanvarda 4 000.0mig soʻmga tuzilgan 1-sonli shartnoma. Gʻaznachilikning “DMBAT” dasturida №263-son bilan 18-martda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ushbu holatda shartnoma summasi belgilangan tartibga asosan koʻrsatilgan xizmat uchun schyot faktura taqdim etilmasdan turib oldindan toʻlov 100% miqdorida toʻlovlar amalga oshirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208 sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Chinoz tumanidagi byudjet tashkilotlarining 2022-yil uchun tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida yuqoridagi qoʻshma xat talablariga asosan byudjet tashkilotlarining smeta xarajatlaridan cheklovga tushgan xarajatlar turlari uchun tuman Gʻaznachilik boʻlinmasida shartnomalar roʻyxatdan oʻtmaganligini hamda toʻlovlar amalaga oshirilmaganligini maʼlum qilamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “DMBAT” davlat dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali: http://dxarid.uzex.uz/ saytiga hamda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning “Uz Asbo” dasturlariga tegishli tartibda cheklovlar oʻrnatilganligini maʼlumot sifatida bildirib oʻtishni ham maqsadga muvofiq deb bildi. Download 91.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling