Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Majburlov apparatining mavjudligi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Majburlov apparatining mavjudligi. Davlat organlari, xususan, qo-
nun chiqaruvchi organ qonun qabul qilish va uni kuchga kiritish usuli bilan, 
ijro etuvchi organlar boshqaruv, majburlov va rag‘batlantirish usullari bilan, 
sudlar, prokuratura va huquqni muhofaza etuvchi organlar majburlov va ishon-
tirish usuli bilan huquqiy normalarni tatbiq etadilar. Huquqni muhofaza qilish 
organlari huquq normalarini amaliyotga joriy etishda asosan ishontirish va maj- 
burlash usullaridan foydalangan holda ish yuritadilar. Taassufki, jamiyatda-
gi barcha fuqarolar ham davlat tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy 
hujjatlardagi qoidalarga so‘zsiz rioya qilavermaydilar, chunki insonlarning 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bir xilda shakllanmaydi. Shu bois, fuqa-
rolar davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga o‘z xohishlariga ko‘ra rioya 
etmaydigan bo‘lsa, davlat o‘zining majburlov kuchi orqali qonunlarning 
bajarilishini ta’minlaydi. Bular: 
prokuratura, ichki ishlar organlari, bojxona, 
milliy xavfsizlik xizmati, jinoiy jazoni ijro etish muassasalari, moliya 
organlari, armiya va boshqalar.
Boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus shaxslar guruhining 
mavjudligi. Davlat organlarida faoliyat yurituvchi shaxslar faqat boshqaruv ish-
lari bilan shug‘ullanadilar, ular ishlab chiqarish va moddiy ne’matlar yaratish 
jarayonida ishtirok etmaydilar. Biroq, ushbu toifadagi shaxslar davlat va jami-
yat manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, sudya sudlov jarayonida 
huquqbuzarlik sodir etgan biror-bir yaqin tanishining ishi bo‘yicha, u shaxsga 
nisbatan qonuniy chora ko‘rish jarayonida, o‘zining shaxsiy manfaatlaridan 
emas, balki davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, obyektiv 
ravishda qonunga asosan hukm chiqaradi.


124

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling