Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlari ichki 
tuzilishining mavjudligi. Davlat mexanizmining bir me’yorda ishlashini 
ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilot-
lari birgalikda faoliyat yuritadi va o‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga 
ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimi-
yat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy bo‘g‘ini. Masalan, 
prokuratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega 
bo‘lgan davlat organlaridir.
Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot bilan 
shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga 
ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini 
davlat o‘z monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energi-
yasi tarmog‘ini boshqarish, aloqa tizimi shular jumlasidandir.
Davlat muassasalari – davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga 
ega bo‘lmagan, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni ba-
jaruvchi idoralardir, masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. 
Ushbu muassasalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat 
oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni baja-
radilar.
Yuridik adabiyotlarda 
«davlat apparati» va «davlat mexanizmi» degan 
tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar asosan bir xil ma’no va maz-
munga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq tushuncha bo‘lib, unga davlat 
organlaridan tashqari, davlat apparati ishini tashkil qiluvchi va unga yordam 
beruvchi bo‘limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib, davlat apparati o‘z 
faoliyati – davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan, O‘zbekiston Respub-
likasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi deb olsak, Ichki ishlar vazirligining 
oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot, moliya-iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash 
vazirlik faoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar uning muas-
sasalari hisoblanadi.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayoni nuqtayi nazaridan «davlat 
mexanizmi» atamasini qo‘llash maqbulroqdir. Zero, «mexanizm» iborasi boy 
mazmunga ega bo‘lib, bunda hodisaning funksional jihati, harakatlanish ho-
lati aks etadi. Shunga ko‘ra, agar «davlat apparati» iborasi orqali davlatning 
strukturasi, tarkibiy tuzilishi izohlansa, «davlat mexanizmi» iborasi ko‘magida 
davlat idoralari tizimining funksional jihati (xususiyatlari) tavsiflanadi. Yanada 
aniqroq aytadigan bo‘lsak, «davlat mexanizmi» atamasi davlat hokimiyatini 
amalga oshirish mexanizmini yoki davlatning harakatlanish mexanizmini 
anglatadi. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling