Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha: vakillik
ijroiya, sud organlari va prokuratura organlariga ajratiladi. Davlat organla-
rini tasniflashning dastlabki asosi – ularning konstitutsiyaviy bo‘linishidir. Yagona 
davlat hokimiyati Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi va demokra-
tizm prinsiplari asosida tarkibiy-funksional belgiga ko‘ra alohida organlarga 
bo‘linadi.
Vakillik organlari. O‘zbekiston Respublikasida markaziy va mahalliy va-
killik organlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi respublikada 
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik or-
ganidir. Ikki palatali Oliy Majlis (Qonunchilik palatasi va Senat) O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq o‘z vakolatiga kiradigan har qan-
day masalani o‘z muhokamasiga qabul qilish va hal etish huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyat va tumanlardagi 
Xalq deputatlari kengashlari mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hi-
soblanadi.


132
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i va Konstitutsi-
yaga va inson huquqlariga rioya etilishining kafili hisoblanadi. U davlat ho-
kimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi hamda ularning hamkorligini 
ta’minlaydi. Prezident O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi 
va hududiy yaxlitligini muhofaza etish choralarini ko‘radi; mamlakat ichkari-
sida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi; 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini 
tuzadi va tugatadi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini parlament 
tasdig‘iga kiritadi, Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublika-
si Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi, qonunchilik tashabbusi 
va veto huquqlaridan foydalanadi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi; Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul 
qilinadigan qaror asosida parlamentni yoki uning palatalaridan birini tarqatib 
yuborishi mumkin; Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vako-
latlarni amalga oshiradi. 
Ijroiya organlar. Vazirlar Mahkamasi – iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy 
sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasining qo-
nunlari va Oliy Majlisning hamda uning palatalarining qarorlari ijro etilishini, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish 
va qarorlar bajarilishini ta’minlovchi ijro organi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududi-
dagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxs-
lar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi 
va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik 
qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qaror-
lar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishla-
rini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida Vazirlar 
Mahkamasining maqomi quyidagicha belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki 
teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya-
lar tomonidan taklif etiladi. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling