Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
134
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – ixcham va professional ijro organlari tizimini, zamonaviy menejmentga asoslangan boshqaruv tizimini yaratishdan iborat 1 . Sud hokimiyati organlari. Mamlakatda sud hokimiyatining butun faoli- yati va diqqat-e’tibori ijtimoiy adolatni, huquqiy tartibot va qonun ustuvorligini ta’minlashga, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi Konstitutsiyasi hamda 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat deb belgilandi. Mazkur tizim chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida faoliyat yuritdi, shakllandi va takomillashib bordi. 2000-yil 14-dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bunda sudlarning ixtisoslashtirilishi o‘z qonuniy ifodasini topdi. Ushbu qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining oliy sud tuzilmalarining insti- tutsional qiyofasi saqlangani holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqaro- lik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo va tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlari faoliyat yuritadigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib 2 , unda sud tizimini tubdan is- loh etish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bundan maqsad sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar- liklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash. Ushbu maqsadga erishishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzil- masini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tad- 1 Qarang: Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni (2017-yil 7-fevral). – T.: «Аdolat», 2017. – 3–9-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling