Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

«xalq suvereniteti» pozitsiyasida turib Monteskyening 
hokimiyatlar taqsimlanishi g‘oyasini tanqid qilgan. Russo o‘z davri uchun ilg‘or 
hisoblangan siyosiy dastur bilan chiqqan. Uning asosida davlat hayotini «aql 
hukmronligi» va xalq suverenitetini ta’minlovchi 
«ijtimoiy shartnoma» vosi-
tasi orqali demokratik tashkil etish g‘oyasi yotadi.


142
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Russo davlat vakolatlari taqsimlanishini, ya’ni davlat organlari o‘rtasida 
vakolatlar chegaralanishini tan olgan. Russoning ta’biricha, qonun chiqaruvchi 
hokimiyat – suveren xalq irodasining ifodachisi bo‘lganligi sababli, u (qonun 
chiqaruvchi) barchaga taalluqli umumiy xususiyatga ega masalalarni tartibga 
solishi lozim. Ijroiya hokimiyat suveren xalq qarori bilan o‘rnatilganligi bois, u 
xalqning ishonchli tayanchi va xizmatkori sifatida maydonga chiqadi. Barcha 
davlat organlarining tengligiga oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni qayta 
tuzish evaziga erishiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni xalqning o‘zi 
bevosita majlislarda amalga oshiradi (yirik shaharlarda vakillik organlari 
tuzilishi mumkin).
Yuqorida keltirilgan ikki yondashuv elementlarini birlashtirish birinchi 
marta Amerika Qo‘shma Shtatlarining 1787-yilgi Konstitutsiyasida o‘zining 
qonuniy ifodasini topgan. Konstitutsiya mualliflari «biz Qo‘shma Shtatlarning 
xalqi... » degan so‘zlar bilan uning suverenitetini bayon etgan. Davlat organlari 
(Kongress, Prezident va unga itoat qiluvchi ministrlar, sudlar)ning vakolatla-
rini bo‘lib berish orqali esa, «o‘zaro tiyib turish va qarshi ta’sir etish sistemasi» 
bilan to‘ldirilgan hokimiyatlar taqsimlanishini joriy qilgan.
Ko‘pchilik burjua davlatlari, shu jumladan AQSh ham, xalq suvereniteti 
va undan kelib chiquvchi qonunning oliyligi prinsipi zamirida «hokimiyatlar 
taqsimlanishi»ni e’tirof etgan. Masalan, AQSh Konstitutsiyasiga binoan, qonun 
chiqaruvchi hokimiyat Vakillar palatasi va Senatdan iborat Kongressga tegish-
li. Ijro etuvchi hokimiyat saylashga vakil qilingan kishilar tomonidan saylanadi. 
Prezident bir vaqtning o‘zida ham davlat boshlig‘i, ham hukumat boshlig‘i hi-
soblanadi. U qonunlarga itoat etishi shart, ammo Kongressga hisob bermaydi.
AQShning Oliy sudi nafaqat odil sudlovni amalga oshirish vakolatlariga, 
balki konstitutsiyaviy nazorat huquqiga ham ega. Buning ma’nosi shuki, Oliy 
sud qonunlarning va ma’muriy aktlarning konstitutsiya normalariga muvofiqligini 
tekshiradi va ularni g‘ayrikonstitutsiyaviy deb e’lon qilish hamda prezident 
yoki kongress aktlarini yuridik kuchga ega emas, deb topish imkoniyatiga ega. 
Jiddiy siyosiy inqirozlar davrida esa, Amerika Oliy sudi qonun chiqaruvchi va 
ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasida arbitrlik (hakamlik) rolini bajaradi. Shu yo‘l 
bilan hokimiyatlar faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtiradi.
An’anaga ko‘ra, hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipi AQSh Konstitutsi-
yasida o‘zining eng aniq ifodasini topgan deb hisoblanadi. Bunga Amerika davlat 
qurilishi tajribasidan olingan yuqoridagi misollar ham dalil bo‘la oladi. Ammo 
ko‘pchilik amerikalik mutaxassislarning o‘zlari e’tirof etganidek, hokimiyatlar 
taqsimlanishining mohiyati Massachusets shtatining Konstitutsiyasida yanada 
mukammalroq o‘z talqinini topgan. Unda masalan, shunday deyilgan: «Jami-
yatda insonlar emas, balki qonunlar hukmron bo‘lishi uchun uni boshqarishda:



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling