Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

144
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
o‘zgarganligi, umuman, MDH davlatlarida davlat hokimiyati konsepsiyasining 
qaytadan ko‘rib chiqilganligi haqida borayotir.
Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi – davlat tuzilmalarining sama-
rali faoliyat yuritishi, suiiste’molliklarning bartaraf etilishi, inson huquq va 
erkinliklarining himoya qilinishi, umuman qonunchilikni ta’minlashning 
garovidir. Shuning uchun ham hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining dav-
latchiligimiz hayotiga real singdirilishi masalasi katta nazariy va amaliy 
ahamiyat kasb etadi.
Birgina quyidagi misolga murojaat etaylik. Prezidentlik lavozimining joriy 
qilinishi va keyinchalik uning takomillashib borishi ko‘pchilik respublikalarda 
parlament bilan ijroiya organlar o‘rtasida hokimiyat vakolatlarini qayta taqsim-
lash masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu jarayonning ancha murakkabligi ayon 
bo‘lib qoldi. Dalil sifatida Rossiya Federatsiyasining parlamenti bilan hukumati 
o‘rtasida uzoq davom etgan keskin qarama-qarshilikni eslash kifoya. Tajriba 
shuni ko‘rsatadiki, respublikalarning parlamentlari prezidentlik hokimiyati bi-
lan «bahslashishga» layoqatsiz bo‘lib chiqdilar.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mamlakatning aniq tarixiy shart-
sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlari-
ning muvozanati va tengligini ta’minlash mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat 
egasi bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlarini tartib (muayyan qolip, 
andaza)ga solish imkoniyatini beradi. Zero, ularning har biri o‘z sohasi doira-
sida mustaqil bo‘lib, boshqa hokimiyatga itoat etmaydi va so‘zsiz ijro etilishi 
mo‘ljallangan qarorlar (aktlar) qabul qiladi.
Biroq hokimiyatlar taqsimlanishini mutlaqlashtirish kerak emas, chun-
ki hokimiyatlarni o‘zaro birlashtirish, ular faoliyatini uyg‘unlashtirish lozim 
bo‘ladi. Buning uchun hokimiyatlarning mavqeini (maqomini) konstitutsiyaviy 
belgilash, chegaralash talab qilinadi. Biron-bir hokimiyatning qonun bilan mus-
tahkamlab qo‘yilgan «chegaralar»dan chetga chiqishi va boshqa hokimiyat-
larning vakolat doirasiga aralashishi mumkin emas.
Hokimiyatning har uch shaxobchasi, birgalikda yagona davlat hokimiyati-
ni tashkil etadi. Ulardan boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da’vogarlik 
qilolmaydi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining muhim jihatlaridan biri shuki, 
unda hokimiyatning har bir shaxobchasi (tarmog‘i) qolgan ikki hokimiyat sub-
yektining har birini nazorat qilish huquqi va imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Ammo bu nazorat – ustunlik emas. Nazorat huquqi nazorat qilinayotgan ho-
kimiyatning konstitutsiyaviy vakolatlarini o‘zlashtirib olish imkonini bermaydi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi har bir hokimiyatning o‘z vakolati doirasida 
to‘laqonli hokimiyat egasi bo‘lishini taqozo etadi. Shu bois har qanday alohida 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling