Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

152
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
1. Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga keskin qara-
ma-qarshi qo‘yadi).
2. Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning davlat hokimiyati ustidan 
jamoat nazoratini ta’minlovchi mexanizm mavjud bo‘ladi).
3. Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqarolik jamiyati 
va ratsional hokimiyatni amalga oshirish mavjud bo‘ladi).
4. An’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an’analarga sodiqlik, hokimiyatning 
monarxiya shakli va hokazo).
5. O‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivojlanmagan 
fuqarolik jamiyati, siyosiy rollarning zaif tabaqalashtirilganligi, hokimiyatning 
xarizmatik usulga asoslanganligi, siyosiy institutlarning sust rivojlanganligi 
yotadi).
Shu o‘rinda siyosiy tizimlar evolyutsiyasi va revolyutsiyasi to‘g‘risidagi 
ayrim nuqtayi nazarlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatdagi ijtimoiy 
sinfiy kuchlar joylashuvidagi o‘zgarishlar oqibatida jamiyatning siyosiy tizimi 
ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Shu tufayli siyosiy jarayon – ijtimoiy subyekt-
larning siyosiy tizimni shakllantirish, o‘zgartirish, qayta tuzish va ro‘yobga 
chiqarish borasidagi barcha harakatlarining yig‘indisi, degan xulosaga kelish 
mumkin.
Jamiyat siyosiy tizimining ichki tuzi-
lishi (strukturasi)ni to‘g‘ri tavsiflash uchun 
unga kiruvchi qismlarni aniqlab olish me-
zonlarini qat’iy belgilash lozim. Bundagi 
asosiy talab sistemaga kiruvchi qismlarning ichki batartibligi (tashkiliy 
mezon) va faoliyatining siyosiy yo‘naltirilganligi (siyosiy mezon) hisobla-
nadi. Ushbu talab (mezon)lar siyosiy tashkilotning ijtimoiy vazifasi, maqsa-
di, funksiyalari, faoliyatining asosiy sohalari, faoliyat yuritish va tashkiliy 
prinsiplarini aks ettiruvchi nizom, dastur, ustavlarda normativ tarzda ras-
miylashadi.
Faoliyatning siyosiy yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi mezon siyosiy 
sistemaning u yoki bu instituti uchun quyidagicha ahamiyat kasb etadi: 
birin-
chidan, muayyan ijtimoiy birlikning, sinf yoki guruhning siyosiy manfaatlarini 
ifodalashga qodir bo‘lish; 
ikkinchidan, siyosiy hayot va siyosiy munosabat-
larning ishtirokchisi bo‘lish; 
uchinchidan, davlat hokimiyatiga bevosita yoki 
bilvosita aloqador bo‘lish – hokimiyatga egalik qilish, uni shakllantirish yoki 
undan foydalanish, davlat organlari bilan hamkorlik qilish yoki ularga muxoli-
fatda bo‘lish shakllaridan birontasining mavjud bo‘lishi; 
to‘rtinchidan, o‘z faoli-

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling